Mingbuloq Namanganning eng yirik tumanlaridan biri bo‘lib, hududi jihatidan viloyatda Pop va Chust tumanlaridan keyingi o‘rinda turadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Tuman hududining katta qismi, aniqrog‘i, ming gektardan ortiq maydonni qumliklar egallagan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bu yerda o‘simlik va hayvonot dunyosining turfa xillarini uchratish mumkin.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

— Qum barxanlarida saksovul, yulg‘un, to‘rong‘il kabi o‘simliklar, tulki, echkiemar, chiyabo‘ri, yumronqoziq, cho‘l iloni, agama kaltakesagi singari jonzotlar, burgut, qirg‘iy, kalxat, sor va lochin kabi qushlarni uchratish mumkin. Mingbuloq qumliklarini asrab-avaylash maqsadida bu yerni tabiiy muhofaza etiladigan hudud qatoriga kiritish taklifi berilgan, — deydi tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Sodiqjon Odilov.

Sodiqjon Odilov.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Odilovning aytishicha, shunday hudud maqomi berilsa, qumliklar, ulardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi yanada kuchaytiriladi, inspeksiya tomonidan muntazam ravishda reydlar uyushtiriladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

— Hozir ham inspektorlarimiz bunday reydlarni kanda qilayotgani yo‘q. Reydlar davomida saksovullar kesilishining oldi olinadi, odamlar qo‘liga tushgan echkiemar yoki tulkilar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi, — deydi inspeksiya boshlig‘i.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qumliklar odamlar uchun ham koni foyda. Yoz mavsumi oxiri, avgust oyida bu joylar shifo izlab kelgan odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Qumliklar turli kasalliklar, xususan, shamollash, bo‘g‘in xastaliklari bilan og‘riyotgan kishilar uchun ayni muddao. Ular bu yerda chodirlar tikib, ma’lum muddat davomida qumga ko‘milishadi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mingbuloq qumliklariga sayohatimiz davomida mazkur hudud turli sport musobaqalari, xususan, avto va motorallilar uchun ham qulay ekaniga amin bo‘ldik.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qolaversa, ularga yaqin hududda ko‘plab sun’iy ko‘llar hosil qilinib, baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Xullas, Mingbuloq tomonlarda shunday gaplar. Cho‘l tarovatini his etish, yovvoyi tabiatdan bahra olishni istasangiz, bu joylar aynan siz istagan manzil bo‘lishi mumkin.