Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NASA’ning InSight apparati Marsda eng kuchli va uzoq davom etgan zilzilalardan birini qayd etdi. Tebranishlar davomiyligi 1,5 soatni, magnitudasi esa 4,2 ballni tashkil etgan. Bu haqda NASA’ning Reaktiv harakat laboratoriyasi saytiga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Foto: NASA

Foto: NASA

Bu InSight zondi tomonidan so‘nggi vaqtlarda qayd etilgan uchinchi kuchli Mars silkinishi hisoblanadi. 25-avgust kuni seysmometr magnitudasi 4,2 va 4,1 bo‘lgan ikkita zilzilani qayd etgan, bu 2019-yilda “Qizil sayyora”da qayd etilgan zilziladan besh barobarga kuchli.

Bu kabi aniq natijalarga erishish uchun olimlar InSight’ning quyosh batareyalarini tozalash bo‘yicha ancha mehnat qilgan. Panellarga o‘tirib qolgan changni robotlashtirilgan manipulyator qo‘l yordamida tozalashga to‘g‘ri kelgan. Qurilma kuchli shamol mayda zarralarni uchirib yuborishiga umid qilib, panellardan biriga qumning katta zarralarini sepgan. Ushbu reja foyda bergan va seysmometr to‘liq quvvatda ishlab ketgan.

Marsdagi zilzila sayyoraning seysmik faolligi bo‘lib, sayyora yuzasida silkinish va tebranishlarni hosil qiladi. Yerdagi zilzilalardan farqli o‘laroq, mazkur tebranish kuchsizroq hisoblanadi, ammo Marsning ichki tuzilishi yaxshiroq tushunish uchun yetarlicha ma’lumot beradi.

Marsdagi zilzilaning Yernikidan jiddiy farqi — Marsdagi silkinishlar, taxminan, 30-50 kilometr chuqurlikda sodir bo‘ladi. Shu sababli InSight zondi kuchsiz seysmik faollikni qayd etadi.

Eslatib o‘tamiz, Marsning ichki qatlamlarini o‘rganishga mo‘ljallangan InSight tadqiqot zondi ortilgan Atlas V raketasi 2018-yilning mayida Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan uchirilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi