Dunyo bo‘ylab 22-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Qohira yaqinidagi sholi maydonida turgan sariq quyruqlar.

Foto: Reuters

Vatikanda Rim Papasi Fransiskni quchoqlab olgan qizcha.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida Isroil va falastinliklar haqida gapirayotgan vaqtda bo‘sh turgan Isroil delegatsiyasi uchun ajratilgan o‘rindiqlar.

Foto: Reuters

Indoneziyada yovvoyi tabiat qo‘riqchilari qishloq yaqinida ushlangan, uzunligi 9 metr bo‘lgan piton bilan suratga tushdi. Keyinchalik ilon qo‘shni Palavan o‘rmoniga qo‘yib yuborildi.

Foto: AFP

Kaliningradda Noyob qahrabo toshlari kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tdi. Auksionga dastlabki qiymati 10 million rubl bo‘lgan 54 ta noyob qahrabo namunalari qo‘yilgan.

Foto: “TASS”

Bangalor yaqinidagi yangi metro tunnelini qazishni tugatgan ishchilar.

Foto: EPA

Janubiy Koreyada Chuseok — hosil va ajdodlarni xotirlash bayrami bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Buyuk Britaniyaning Bornmut sohili yaqinida suratga olingan to‘lin oy va uning suvdagi aksi.

Foto: Legion Media

Melburnda qurilish ishchilari COVID-19 cheklovlariga norozilik bildirayotgan vaqtda ularni nazorat qilib turgan politsiya xodimlari.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Bilbao shahridan o‘tgan daryoda meksikalik rassom Ruben Orozko tomonidan Bihar (Ertaga) deb nomlangan installyatsiya.

Foto: EPA

Dunyodagi eng obro‘li qayiq shoularidan biri bo‘lgan Monako yaxtalar ko‘rgazmasida namoyish qilinadigan hashamatli yaxtalar.

Foto: Reuters

Idlibdagi lagerda chodirlarda yashovchi bolalar 75 metrlik qog‘ozga chizilgan urush va uyga qaytish umidi aks etgan rasmlarni namoyish etdi.

Foto: Getty Images

Kaliforniya Sekvoyya milliy o‘rmonida yonib ketgan sekvoyya daraxtiga suv sepayotgan o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: Reuters

Pokistonda hudkushlar qizlar maktabini portlatmoqchi bo‘ldi.

Foto: EPA

Avstraliyada vaksinatsiyaga qarshilar majburiy emlash va qurilish sohasida ikki haftalik cheklovlarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Foto: EPA

Iqlim o‘zgarishi tufayli qurg‘oqchilik ta’sirida qurigan Turkiyadagi Devegechidi to‘g‘on ko‘lining yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Getty Images

Hindistonning Assam shtatining Guvaxati shahrida noqonuniy ravishda olingan karkidon shoxlari yoqib yuboriladi.

Foto: “TASS”

Extinction Rebellion ekofaollari yana bir bor hammani global isish oqibatlari haqida ogohlantirishga qaror qildi. Ular Vashingtondagi Tidal havzasiga suv bosgan binoga o‘xshagan installyatsiyani joyladi. Keyinroq aksiya tashkilotchilari politsiya tomonidan ushlandi.

Foto: EPA

Melburnda Rixter shkalasi bo‘yicha 6 balli zilzila sodir bo‘ldi.

Foto: EPA

Tokioning Shinjuku okrugidan o‘tayotgan poyezd ichidagi tibbiy niqob kiygan odamlar.

Foto: AP Photo