Dunyo bo‘ylab 17-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Avstraliyaning Quinslend shahri sohilidagi festivalida Denjer Deyvning “Damel Hirst akulalarni qidirmoqda” deb nomlangan installyatsiyasi.
Foto: EPA
Dushanbedagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida Shavkat Mirziyoyevning delegatsiya a’zolari bilan tezkor fikr almashish jarayoni.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Chichester yaqinidagi uch kunlik retro avtomobil poygasi – Goodwood Revival’ga tashrif buyurgan avtomobil ixlosmandlari.
Foto: Reuters
Idlibda bomba portlashi oqibatida oyog‘idan ayrilgan itga mehribonlik qilayotgan suriyalik bola.
Foto: AFP
Madriddagi moda haftaligida podyum namoyishi oldidan sahna ortida tayyorlanayotgan model.
Foto: AP Photo
Mavzuga dori: Amerikancha moda: 2021-yildagi Met Gala’ga tashrif buyurgan yulduzlarning o‘ziga xos obrazlari (foto)
Buenos-Ayres aholisi uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz sharoitida qashshoqlik va ishsizlik darajasi ortishi bilan bog‘liq norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.
Foto: “TASS”
AQShdan boshpana so‘rash umidida Kolumbiya–Panama chegarasini kesib o‘tayotgan muhojirlar.
Foto: AP Photo
Moda haftaligi davomida London suv sporti markazida namoyish etilgan Devid Komaning 2022-yil bahor–yoz kolleksiyasi.
Foto: The Guardian
Balidagi Uluvatu sohiliga o‘rnatilgan eski Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti mehmonxonaga aylantirilmoqda.
Foto: EPA
Falastin—Isroil mojarosi. Hududlarning egallab olinishi, g‘arbiy sohil janubidagi Falastin qishloqlariga suv yetkazib berishni to‘xtatgani oqibatida Isroil hukumatiga qarshi namoyish o‘tkazildi. Harbiy tomonidan turtib yuborilgan isroillik jamoat faoli hamda uning sheriklari.
Foto: AFP
Rossiya Markaziy saylov komissiyasida 2021-yilgi parlament saylovlarini yoritib boradigan ekranga qarab turgan kishi. Rossiyada 2021-yil 17–19-sentabr kunlari Davlat dumasi deputatlari va 9 viloyat rahbarini saylash uchun saylov o‘tkazilmoqda.
Foto: “TASS”
Buyuk Britaniyadagi Ashdown o‘rmonida qurilgan Vinni Pux uyi. Bu uy ayiqcha Vinnining 95 yillik yubileyiga sovg‘a sifatida qurildi.
Foto: Airbnb
Los Anjelesdagi Heritage Square muzeyi yaqinida Shaadi marosimi uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan hind kiyimlaridagi Blue13 raqs guruhi.
Foto: AFP
Avvalgi kunlarning fotogalereyalar:
- Reklama qilingan politsiya, Parijda o‘rangan “G‘alaba arki”, poyezddan otilgan raketa. 16-sentabr suratlari
- “Abdullajon”ning qovoqlari, dindoshini qamchilayotgan yahudiy, Kuvaytda auksionga qo‘yilgan lochin. 15-sentabr suratlari
- Xudosini cho‘ktirayotgan hindlar, izolyatsiyaga olingan Putin, to‘rga tushgan bedana. 14-sentabr suratlari
- G‘azoga qilingan havo hujumi, qutqaruvchilik qilayotgan korgi iti, tanlovda g‘olib bo‘lgan Jastin Biber. 13-sentabr suratlari
- Multfilm qahramonlariga qo‘yilgan haykal, 100 yoshini 100 nafar do‘sti bilan nishonlagan dizayner, yo‘l qoidalariga amal qiluvchi oqqushlar. 10-sentabr suratlari
- Hibsga olingan demokratiya ma’budasi, rangini o‘zgartiruvchi buqalamun robot, parlamentda xotirlangan Jon Lennon qo‘shig‘i. 9-sentabr suratlari
- Akvariumdagi to‘y, muzliklar erib ketayotganidan afsuslangan ayiq, binolarni zabt etayotgan fransuz o‘rgimchak odami. Hafta suratlari