Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 11-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Bavariya” safarda “Leypsig” bilan bahs yuritdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Myunxen jamoasining gollariga Robert Levandovski, Jamol Musiala, Leroy Sane va Erik Shupo-Moting mualliflik qildi. “Leypsig”ning javob golini esa Konrad Laymer o‘z nomiga yozdirdi.

Foto: Getty Images

“Borussiya D” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Bayer”ni mag‘lub etdi. “Bayer” safida Florian Virts, Patrik Shik va Mussa Diabi gol urdi. Dortmundliklarning gollariga esa Erling Holand (dubl), Yulian Brandt va Rafael Gerreyru mualliflik qildi.

“Bavariya” 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Dortmund klubi esa 9 ochko bilan 3-pog‘onadan joy olgan.

Bundesliga

4-tur bahslari

11-sentabr, shanba

“Leypsig” – “Bavariya” 1:4

Gollar: 0:1 – 12, penalti Levandovski, 0:2 – 47 Musiala, 0:3 – 54 Sane, 1:3 – 58 Laymer, 1:4 – 90+2 Shupo-Moting.

“Leypsig” – Gulachi, Mukiyele, Orban (Klostermann, 80), Simakan, Anxelinyo (Gvardiol, 58), Kampl, Laymer (Aydara, 58), Nkunku, Olmo (Forsberg, 58), Soboslai, Andre Silva (Poulsen, 71).

“Bavariya” – Noyer, Pavar (Zyule, 75), Ernandes, Upamekano, Devis, Goretska (Zabitser, 59), Kimmix, Myuller (Stanishich, 75), Levandovski (Shupo-Moting, 59), Gnabri (Musiala, 45), Sane.

“Bayer” – “Borussiya D” 3:4

Gollar: 1:0 – 9 Virts, 1:1 – 37 Holand, 2:1 – 45 Shik, 2:2 – 49 Brandt, 3:2 – 55 Diabi, 3:3 – 71 Gerreyru, 3:4 – 77, penalti Holand.

“Bayer” – Gradeski, Frimpong, Ta, Kossunu, Bakker, Demirbay (Belarabi, 79), Andrix, Virts, Shik (Alario, 78), Diabi, Paulinyo (Adli, 63).

“Borussiya D” – Kobel, Menye, Akanji, Pongrachich (Hummels, 84), Gerreyru, Vitsel (Malen, 65), Brandt, Daud, Bellinghem (Volf, 89), Roys, Holand.

Ogohlantirishlar: Menye (20), Virts (60), Holand (60), Frimpong (70), Kossunu (75), Diabi (86), Volf (90).

“Frayburg” – “Kyoln” 1:1

Gollar: 0:1 – 33 Modest, 1:1 – 89, avtogol Chixos.

“Groyter” – “Volfsburg” 0:2

Gollar: 0:1 – 10 Nmecha, 0:2 – 90, penalti Vegorst.

“Union Berlin” – “Augsburg” 0:0

“Hoffenhaym” – “Mayns” 0:2

Gollar: 0:1 – 21 Burkardt, 0:2 – 77 Ingvartsen.