Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 4-turida “Liverpul” 12-sentabr, yakshanba kuni “Lids” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 20-daqiqasida Muhammad Saloh mersisaydlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Fabinyo hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

60-daqiqada mezbonlar vakili Paskal Streyk to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka loyiq ko‘rildi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Sadio Mane yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:3.

Shu tariqa “Liverpul” ochkolarini 10 taga yetkazib olgan holda “Manchester Yunayted” va “Chelsi” bilan birga peshqadamlar qatorida bormoqda.

APL

4-tur bahsi

12-sentabr, yakshanba

“Lids” — “Liverpul” 0:3

Gollar: 0:1 – 20 Saloh, 0:2 – 50 Fabinyo, 0:3 – 90+2 Mane.

“Lids”: Melye, Eyling, Kuper, Lyorente (Streyk, 33), Firpo, Dallas, Harrison (Jeyms, 68), Fillips, Rafinya, Rodrigo (Roberts, 46), Bemford.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Tiago Alkantara, Fabinyo, Elliott (Henderson, 63), Saloh, Mane, Diogu Jota (Oksleyd-Chemberlen, 82).

Ogohlantirishlar: Kuper (12), Fabinyo (16), Lyorente (30).

Chetlatish: Streyk (60).

APL musobaqa jadvali, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar ro‘yxati shu yerda — ko‘rish.