Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 11-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qildi va 4:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Dastlab birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronaldu darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi 45 daqiqalik avvalida Xavi Mankilyo muvozanatni tiklagandi. Biroq 62-daqiqaga kelib Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. 80-daqiqada esa Brunu Fernandesh uzoq masofadan super gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Uchrashuv yakunida Jessi Lingard o‘yinga yakun yasab berdi.

“Manchester Siti” safarda Bernardu Silvaning yagona goli evaziga “Lester”dan ustun keldi.

“Arsenal” Londonda “Norvich” bilan kuch sinashdi. “Kanonirlar”ga g‘alaba keltirgan golga Pyer-Emerik Obameyang mualliflik qildi.

“Tottenhem” mehmonda “Kristal Pelas” maydonida mehmon bo‘lib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. “Pelas” safida Odsonn Eduar dublga erishgan bo‘lsa, Uilfrid Zaa 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

APL

4-tur bahslari

11-sentabr, shanba

“Manchester Yunayted” – “Nyukasl” 4:1

Gollar: 1:0 – 45+2 Ronaldu, 1:1 – 56 Mankilyo, 2:1 – 62 Ronaldu, 3:1 – 80 Brunu Fernandesh, 4:1 – 90 Lingard.

“Manchester Yunayted” – de Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Matich, Pogba, Brunu Fernandesh (Marsyal, 85), Sancho (Lingard, 66), Ronaldu, Grinvud (van de Bek, 85).

“Nyukasl” – Vudmen, Mankilyo (Merfi, 77), Klark (Lyuis, 84), Lassels, Heyden, Ritchi, Almiron, Longstaff, Uillok (Hendrik, 85), Sen-Maksimen, Joelinton.

Ogohlantirish: Pogba (60).

“Lester” – “Manchester Siti” 0:1

Gol: 0:1 — 62 Silva.

“Lester” – Shmeyxel, Kastan, Vestergor (Evans, 61), Suyunju, Bertran, Olbrayton, Barns (Lukman, 73), Ndidi, Tilemans, Meddison (Iheanacho, 73), Vardi.

“Manchester Siti” – Ederson, Uoker, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, Rodri, Grilish, Gabriel Jezus (Fernandinyo, 84), Ferran Torres (Sterling, 64).

Ogohlantirishlar: Rodri (26), Laport (38), Suyunju (75).

“Arsenal” – “Norvich” 1:0

Gol: 1:0 – 66 Obameyang.

“Arsenal” – Remsdeyl, Tomiyasu (Smit-Rou, 62), Gabriel, Uayt, Tirni, Meytlend-Naylz (Soaresh, 82), Edegor, Lokonga (Parti, 62), Saka, Obameyang, Pepe.

“Norvich” – Krul, Aarons, Henli, Omobamidele, Uilyams, Rupp (Ida, 80), Maklin, Le-Melu, Dauell (Kentuell, 62), Pukki, Solis (Rashitsa, 69).

Ogohlantirishlar: Aarons (42), Henli (48), Parti (88), Uayt (90).

“Kristal Pelas” – “Tottenhem” 3:0

Gollar: 1:0 – 76, penalti Zaa, 2:0 – 84 Eduar, 3:0 – 90 Eduar.

“Sauthempton” – “Vest Hem” 0:0

“Uotford” – “Vulverhempton” 0:2

Gollar: 0:1 – 74, avtogol Serralta, 0:2 – 83 Hvan Hi Chan.

“Brentford” – “Brayton” 0:1

Gol: 0:1 – 90 Trossard.