“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan davlat tadbirida shifokorlar haqida qo‘shiq ijro etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova tomonidan kuylangan tarona tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori kayfiyatda qarshi olindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlash kerakki, shu kunga qadar O‘zbekistondagi biror davlat tadbirida tibbiyot xodimlariga bag‘ishlab qo‘shiq ijro etilmagan.