Dunyo va o‘zbek sportiga oid 23-avgust kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

O‘zbekiston

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Eron termasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekistonning gollariga Lyudmila Karachik va Lianna Norbekova mualliflik qildi.

25—29-avgust kunlari O‘zbekiston Superligasining 16-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Professional futbol ligasi rasmiy saytiga ko‘ra mazkur turdan o‘rin olgan 6 ta uchrashuvda VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Tur doirasidagi uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Jahon

Argentina terma jamoasi Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Lionel Skaloni boshchiligidagi murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etdi.

Foto: Twitter

Darvozabonlar: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Franko Armani (“River Pleyt”), Xuan Musso (“Atalanta”), Xeronimo Ruli (“Vilyarreal”);

Himoyachilar: Gonsalo Montyel (“Sevilya”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Xerman Pesselya (“Betis”), Nikolas Talyafiko (“Ayaks”), Lukas Martines (“Fiorentina”), Markos Akunya (“Sevilya”), Lisandro Martines (“Ayaks”), Kristian Romero (“Tottenhem”), Nauel Molina (“Udineze”), Xuan Foyt (“Vilyarreal”);

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (“PSJ”), Gido Rodriges (“Betis”), Jovani Lo Chelso (“Tottenhem”), Eksekiel Palasios (“Bayer”), Nikolas Dominges (“Bolonya”), Anxel di Mariya (“PSJ”), Rodrigo De Paul (“Atletiko”), Papu Gomes (“Sevilya”), Nikolas Gonsales (“Fiorentina”), Anxel Korrea (“Atletiko”), Xoakin Korrea (“Latsio”), Emiliano Buendia (“Aston Villa”);

Hujumchilar: Lionel Messi (“PSJ”), Lautaro Martines (“Inter”), Paulo Dibala (“Yuventus”), Xulian Alvares (“River Pleyt”).

Foto: Getty Images

“Barselona” himoyachisi Xordi Alba klubning iltimosiga javoban maoshining 25 foizga kamayishiga rozi bo‘ldi, deya yozmoqda Diario Sport. Avvalroq Xerard Pike ham maoshining 25 foiz kamayishiga rozilik bildirgandi.

“Bavariya” Bundesliga 2-turida “Kyoln”ni mag‘lub etdi va barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 74-o‘yinda gol urdi. Klub bu orqali “Real”ning 2016/17-yilgi mavsumdagi rekordini yangiladi.

Foto: Getty Images

Madrid klubi o‘shanda 73 ta o‘yinda 200 ta gol urishning uddasidan chiqqandi. “Bavariya” esa 74 ta o‘yinda umumiy hisobda 214 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Qayd etish o‘rinli, 214 golning 72 tasi Robert Levandovskining hisobiga to‘g‘ri keladi.

Myunxenliklar oxirgi marta 2020-yilning 9-fevralida “Leypsig” darvozasiga yo‘l topa olmagandi.

Barcha top-ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar to‘liq ro‘yxati bir joyda — havola