Daryo

Navoiyda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia ag‘darilib ketdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish68 998 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Navoiyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Nurota tumani markaziga harakatlanayotgan Nexia avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. YTH oqibatida mashina ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

“Avariya sodir etilgan joydagi yo‘l qoplamasida kamchiliklar mavjud emas, yo‘l chiziqlari va yo‘l belgilari to‘liq o‘rnatilgan. 2021-yil bahorda o‘tkazilgan ko‘rik natijalariga ko‘ra, tegishli mutasaddi va tashkilotlarga kamchiliklar yuzasidan taqdimnomalar berilgan”, — deydi Nurota tuman IIB YHXG katta inspektori Murodillo Jo‘rayev.

Holat yuzasidan Nurota tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda Cobalt va “ZIL” to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani, Namanganda Damas va Nexia to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar