Daryo

Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi vafot etdi

Voqea joyi o‘rganilganda haydovchi avtomobilni hushyor holda, lekin boshqaruv malakasiga ega bo‘lmasdan, boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan

1 daqiqa o‘qish53 892 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Elyorbek Mamajonov

Аndijon viloyatining Аndijon tumanida 16 yoshli fuqaro boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda avtomashina yo‘lovchisi, haydovchining 13 yoshli ukasi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, tumanning “Oqrovot” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-135 Аndijon—Oyim avtomobil yo‘lining 101-kilometrida “Beshbo‘ynoq” mahallasida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro А.O. Matiz avtomobilini boshqarib ketayotganda avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi devorga urilgan va yo‘l qirg‘og‘idagi pastlikka tushib, ag‘darilgan.

Foto: Elyorbek Mamajonov

Oqibatda haydovchining 2007-yilda tug‘ilgan ukasi А.N. Аndijon tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga bosh sohasida yopiq shikasti va orqa chap tos suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Foto: Elyorbek Mamajonov

Voqea joyi o‘rganilganda haydovchi avtomobilni hushyor holda, lekin boshqaruv malakasiga ega bo‘lmasdan, boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Elyorbek Mamajonov

YTH sababi va oqibati viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Saidolim Zingirov boshchiligida jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan va tegishli vazifalar belgilab olingan.

Foto: Elyorbek Mamajonov
Avvalroq Toshkent viloyatida “Jiguli” haydovchisi 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgani, oqibatda jabrlanuvchi hodisa joyida halok bolgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.