Daryo

Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi

Matiz haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish22 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Nexia 3 bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 13-avgust kuni soat 19:00 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida haydovchi, 1998-yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Nexia 3 hamda haydovchi 1987-yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomobillar to‘qnashgan va zarb oqibatida Matiz avtomobili ag‘darilgan.

Oqibatda Matiz haydovchisi B.M. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda Volvo yuk mashinasi to‘qnashib ketgani, Toshkentda yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” YTHga uchrab ag‘darilgani hamda Toshkentda Cobalt Spark bilan to‘qnashib ag‘darilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar