Daryo

Namanganda Damas va Nexia to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Yana bir kishi o‘ng yelka suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish33 680 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyati Chortoq tumanida Damas va Nexia to‘qnashdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 11-avgust kuni soat 19:00 larda, Chortoq tumani, Uychi–Chortoq–Namangan yo‘lining 2-kilometrida, Damas’ni boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas haydovchisi olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan, yo‘lovchi o‘ng yelka suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 11-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketgani, Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashgani hamda Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar