Daryo

Jizzaxdagi uy og‘ilxonasida yong‘in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketdi

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish42 406 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Jizzax viloyatining  Zarbdor tumanidagi xonadonning og‘ilxonasida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

9-avgust kuni soat 12:39 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Taraqqiyot” mahallasi Oltinsoy qishlog‘idagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borganlarida yashash xonadonining og‘ilxonasida somon g‘arami yonayotgani ma’lum bo‘lgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida og‘ilxonaning 20 kvadrat metr maydoni tom qismi va 300 dona presslangan somon yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in bartaraf etilgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar