Daryo

Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yana yong‘in chiqdi (video)

FVV yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish110 494 ko‘rishlar0 izoh0

Davomi: Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirildi

Jizzaxdagi Zomin tog‘larida 8-avgust kuni yana yong‘in sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videolar tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, Zomin milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Jizzax viloyati FVBga 8-avgust kuni soat 16:37 da xabar kelib tushgan. Xabar asosida zudlik bilan FVV yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat to‘liq nazorat ostidaligi, tez orada qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatining Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘riklisoy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududlarida 1-avgust kuni yirik yong‘in yuz bergandi. Soat taxminan 10:40 da boshlangan yong‘in salkam sakkiz soatdan so‘ng o‘chirilgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan. Olovni o‘chirishga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan.

2-avgust kuni ushbu hududda yana yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi buni rad etib, hududda yong‘indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilayotgani, vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanligini ma’lum qildi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar