Daryo

Chilonzordagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish25 088 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV.

Foto: FVV

Qayd etilishicha, 2021-yil 9-avgust kuni soat 18:17 da Chilonzor tumani Guliston dahasida joylashgan 55-sonli 9 qavatli uyning 3-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga zudlik bilan FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan va yong‘in 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishining oldi olingan.

Yong‘in natijasida xonadonning 20 kvadrat metr maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Bundan avval Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirilgani, Navoiydagi zapravkada Labo yonib ketgani hamda Angrendagi to‘qqiz qavatli uylarning birida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar