O‘zbekistonda 3-avgust kuni koronavirusga qarshi 308 750 doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shundan 222 083 doza birinchi bosqichda, 62 957 doza ikkinchi bosqichda va 23 710 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 8 318 126 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ularning 2 055 938 tasi ikkinchi dozada va 808 654 tasi uchinchi dozada qo‘llanilgan. Emlash jarayoniga qamrab olingan jami aholi soni 5 453 534 nafarni, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlab bo‘linganlar soni esa 1 257 768 nafarni tashkil qilmoqda.

3-avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (36 446 doza),
  • Toshkent viloyati (34 944 doza),
  • Andijon viloyati (32 672 doza),
  • Namangan viloyati (31 564 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 1 045 608 doza,
  • Namangan viloyatida 1 040 493 doza,
  • Andijon viloyatida 922 565 dozani tashkil qilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, 2021-yilda xarid qilingan barcha vaksinalarga 44 million 761,5 ming dollar sarflangan. Ulardan o‘zbek-xitoy vaksinasiga 39 million 100 ming dollar, “Sputnik V” vaksinasiga 3 million 681,5 ming dollar va AstraZeneca vaksinasiga 1 million 980 ming dollar sarflangan.

30-iyul kuni O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. O‘zbekistonga 1,2 million dozada Pfizer vaksinasi ham olib kelinishi kutilmoqda.