• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ilhom Mahkamov: Uzbekistan Airways va Uzbekistan Helicopters faqat yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlaydi, yo‘lovchilar avvalgidek bu kompaniyalar ortidan yurmaydi

    O‘zbekiston aviakompaniyalar faoliyatida monopoliya yaratmoqchi emas. Bu haqda 31-iyul kuni Uzbekistan Helicopters korxonasida bo‘lib o‘tgan H-125 vertolyotining taqdimot marosimida transport vaziri Ilhom Mahkamov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

    Airbus H-125 vertolyoti

    Airbus H-125 vertolyoti
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Tadbirda Uzbekistan Helicopters korxonasi tomonidan tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan ikkita Airbus H-125 vertolyotining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

    Ilhom Mahkamovning alohida ta’kidlashicha, Uzbekistan Helicopters yoki boshqa kompaniyalar uchun monopoliya yaratmoqchi emas.

    Ilhom Mahkamov

    Ilhom Mahkamov
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Transport vazirligi bu sohadagi har qanday kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Uzbekistan Helicopters bilan hamkorlik qilishni istagan har qanday turistik kompaniyalar uchun eshiklar ochiq. Shuni qayd etish joizki, Uzbekistan Airways bir vaqtlar yopiq bo‘lgan edi, endi biz ochiqlikka qarab ketyapmiz. Endi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Helicopters faqat yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlaydi, yo‘lovchilar avvalgidek bu kompaniyalar ortidan yurmaydi”, – dedi transport vaziri.

    Marosimda ishtirok etgan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning aytishicha, Uzbekistan Helicopters davlat tomonidan ta’sis etilgan bo‘lsa-da, u monopoliya bo‘lmaydi va sohaga kirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun eshiklar doimo ochiq.

    Aziz Abduhakimov

    Aziz Abduhakimov
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Bu bozor ochiq, Uzbekistan Helicopters davlat tashkiloti bo‘lgani bilan, “bo‘ldi, manopoliya tashkil etilmoqda”, deyish kerak emas. Ya’ni bu vertolyot bozori ochiq va biz xususiy tadbirkorlarni, investorlarni ushbu bozorga taklif etamiz. Agar investitsiyalar amalga oshirilib, O‘zbekistonda yana Uzbekistan Helicopters kabi vertolyot kompaniyalar tashkil etiladigan bo‘lsa, bu, albatta, raqobat va kelajakda narxlarga ham ijobiy ta’sir qiladi. Agar shunday takliflar bo‘lsa, biz ularni tezda ko‘rib chiqib, kerakli litsenziya va boshqa sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.

    Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasidan tashqari boshqa yangi milliy aviakompaniyalar va vertolyot xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Mavzuga doir: Foto: Toshkentga olib kelingan yangi vertolyotlar va maxsus parvoz

    “Aviaxizmatlar bozori rivojlanyapti. Bu bozorda yangi ishtirokchilar va investorlarni kutib qolamiz. Turizm va sport vazirligi va Transport vazirligi birlashib, yana bir bor qaytaraman, bu kabi tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, – deya qo‘shimcha qildi Aziz Abduhakimov.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines xususiy aviakompaniyasi ikkita Airbus A320-214 aviaoperatorini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Ushbu samolyotlarning  birinchisi aprel oyida va ikkinchisi esa may oyida Toshkent shahriga olib kelingan. Shuningdek, 2021-yilning sentabr oyida ishga tushirish mo‘ljallangan yangi Samarqand xalqaro aeroporti boshqaruvini Air Marakanda kompaniyasiga berish rejalashtirilgan.

    Avvalroq O‘zbekistonga oltinchi Dreamliner samolyoti keltirilgani haqida xabar berilgan edi. Uzbekistan Airways 2016-yilda Dreamliner’larning tijoriy ekspluatatsiyasini boshlagan va Boeing 787 ning Markaziy Osiyodagi birinchi buyurtmachisiga aylangan. Ilk ikki samolyot 2016-yilda, uchinchisi 2018- yilda va yana ikkitasi 2019-yilda olib kelingan. 

    31.07.2021, 21:36   Izoh (0)   19135
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Toshkentga olib kelingan yangi vertolyotlar va maxsus parvoz

    31.07.2021, 20:35

    Sergelidagi novvoyxona va oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    31.07.2021, 20:14

    Andijon viloyat hokimligi binosi oldiga to‘plangan ayollar yuzasidan ma’lumot berildi

    31.07.2021, 18:33

    “Ish beruvchi emlashdan bosh tortgan xodimni ishdan haydamaydi, balki ishdan chetlatadi” – Ruslanbek Davletov

    31.07.2021, 18:12

    2021-yilning olti oyida qancha mansabdor shaxsga tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi

    31.07.2021, 17:32

    Andijon viloyati hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi

    31.07.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.