McDonald’s tezkor ovqatlanish restoranining Yaponiyadagi filiali ochilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan reklama roligi tayyorlandi. Kadrlarda McDonald’s filialining Gindza tumanida 1971-yil 20-iyulda ochilish sahnasi ko‘rsatilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube

Rolikning bosh qahramoni maktab o‘quvchisi bo‘lib, u uchrashuvga chiqqanida birinchi bor restoranga tashrif buyuradi.

Voqealar hozirgi davrga ko‘chadi. Tomoshabinlar ko‘z o‘ngida buvi bo‘lib qolgan o‘sha qiz nabirasi bilan paydo bo‘ladi.

1970-yillardagi maktab o‘quvchisi va kampir rolini 62 yoshli yaponiyalik aktrisa Esiko Miyadzaki ijro etgan. Bundan tashqari, kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, reklama roligining sujeti mijozlardan birining hayotidagi real voqealarga asoslangan.

Avvalroq avstraliyalik juda yosh ko‘rinuvchi 63 yoshli ayol o‘zining jozibadorlik sirlari bilan bo‘lishgandi.