Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo va o‘zbek sportiga oid 27-iyul kunining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

O‘zbekiston

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kungi bahslari ortda qoldi. Bahslarda ishtirok etgan besh nafar o‘zbekistonlik sportchidan to‘rt nafari musobaqa bilan xayrlashdi. Faqatgina bokschi Bobousmon Boturov keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 4-kunidagi natijalari haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tailandda Continental xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etmoqda. Bahodir Ahmedov shogirdlari guruh bosqichidagi dastlabki ikki o‘yinda Kosovo (6:3) va Mozambikni (10:0) yenggan bo‘lsa, so‘nggi turda maydon egalariga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Terma jamoa guruhda ikkinchi o‘rin bilan yarim finalga chiqdi, mazkur bosqichda o‘zbekistonlik futzalchilar Eron vakillariga qarshi saf tortadi. 1/2 final uchrashuvi 29-iyul sanasiga belgilangan.

Foto: Mondo

Foto: Mondo

“Paxtakor” jamoadan ketgan Eren Derdiyokning o‘rniga Serbiyadan boshqa bir legioner topdi. “Sherlar” Serbiyaning “Partizan” klubi hujumchisi Boyan Matich bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda serb klubi matbuot xizmatiga tayanib “Championat.asia” xabar bermoqda.

Matich 2020/21-yilgi mavsumning birinchi davrasini “Partizan” safida o‘tkazgan, mavsumning ikkinchi qismida esa u Gretsiyaning “Atromitos”ida ijarada o‘ynagan. Uning o‘tgan mavsumdagi statistikasi quyidagicha: 25 ta o‘yin, 2 ta golli uzatma.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

“Lokomotiv” 22 yoshli nigeriyalik himoyachi Samuel Ope bilan shartnoma imzoladiSamuel mavsumning birinchi yarmini “Oq-tepa” tarkibida o‘tkazgandi. U “temiryo‘lchilar” safida 22-raqam ostida harakat qiladi.

Viktor Kumikov “Andijon”ga qaytdi. Rossiyalik ikkinchi davra oldidan andijonliklar bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Qayd etish joiz, Kumikov 2020-yilda “Andijon”ni boshqargandi. Jamoa uning qo‘l ostida 10 uchrashuv o‘tkazib, 5 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Jahon

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

“Manchester Yunayted” Rafael Varan transferini e’lon qildi. Hozircha transferning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Avvalroq “qizillar” fransuz uchun 50 million yevro to‘lashi aytilgandi.

Yozgi transferlar oynasida erkin agent maqomida “Real”dan “PSJ”ga o‘tgan Serxio Ramos jarohati tufayli Fransiya Superkubogi bahsini o‘tkazib yuboradi.

Parij klubi rasmiy saytiga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi jamoa mashg‘ulotlarida chap oyog‘ini shikastlab olgan. Futbolchining tiklanish jarayoniga bir hafta muddat talab etilishi aytilmoqda.

Foto: 90Min

Foto: 90Min
Varan bilan kelishuvga erishgan “Manchester Yunayted” 8 futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. ESPN nashrining yozishicha, ingliz klubi foydali takliflar tushadigan bo‘lsa, himoyachilar Brendon Uilyams, Fil Jons, Diogu Dalot va Aleks Telles, yarim himoyachilar Jessi Lingard, Andreas Pereyra, shuningdek, hujumchilar Deniyel Jeyms va Antoni Marsyalni sotib yuborishga tayyor. Mazkur futbolchilarning transferidan tushgan mablag‘ yangi xaridlarga yo‘naltiriladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tokio Olimpiadasida tarixiy natijalar qayd etilmoqda. Xususan, yaponiyalik aka-singil dzyudochilar Hifumi Abe va Uta Abe bir soatlik farq bilan ikkita oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

13 yoshli sportchi Momizi Nisiya esa Tokio—2020 Olimpiadasida skeytbording bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, eng yosh Olimpiya chempionlari orasida kuchli uchlikka kirdi. Eng qizig‘i, kumush medalni qo‘lga kiritgan braziliyalik Rayssa Lil ham 13 yoshda edi. Olimpiya o‘yinlari 8-avgustga qadar davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?