Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda COVID-19 kasalligi bo‘yicha tashkil qilingan Call-markazlarga murojaatlar soni iyul oyiga kelib keskin ko‘tarildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2020-yil kasallik avjiga chiqqan vaqtda Call-markazda 200 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, tajribali shifokorlar uch smenada uzluksiz fuqarolarning murojaatlarini qabul qilgan edi. 2021-yilning may—iyun oylarida markazda 15 nafar mutaxassis qo‘ng‘iroqlarga javob bergan bo‘lsa, iyulda murojaatlar soni oshgani munosabati bilan oy boshida 25 nafar, hozirda esa 50 nafar mutaxassis navbatma-navbat tun-u kun uch smenada xizmat qilmoqda.

Ularning orasida tibbiyot fanlari nomzodi va doktorlari, malakali mutaxassislar bo‘lib, fuqarolardan tushgan savollarga tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalar bermoqda.

Ma’lumot qilinishicha, Call-markazga 2021-yilning may oyida kuniga o‘rtacha 300 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lsa, iyun oyida bir kunda o‘rtacha 200—400 nafar fuqaro murojaat qilgan.

Iyul oyiga kelib esa kunlik murojaatlar soni o‘rtacha 1800 tagacha ko‘tarilgan. Shundan iyulning birinchi o‘n kunligida o‘rtacha murojaatlar soni kuniga 1450 tani, ikkinchi o‘n kunligida esa 2080 tani tashkil qildi.

Jumladan, 15—25-iyul kunlari jami 23 436 ta qo‘ng‘iroq kelib tushdi, solishtirish uchun: iyun oyining xuddi shu davrida 3711 nafar fuqaro qo‘ng‘iroq qilgandi.

Eng ko‘p berilayotgan savollar qatorida, bugun virusning qaysi shtammlari O‘zbekistonda qayd etilgan, ular klinikasi bo‘yicha bir-biridan qanday farq qiladi, bolalarda ularning belgilari qanday namoyon bo‘lmoqda, bir marta kasallangan kishi yana qayta virusni yuqtirishi mumkinmi kabi qator savollar berilmoqda. Shuningdek, koronavirusga qarshi emlash bilan bog‘liq savollar ham dolzarb bo‘lib turibdi.

“Bundan tashqari, kasallikning yengil shaklini boshidan o‘tkazayotgan fuqarolar ham murojaat qilib, uy sharoitida qanday davolanish, qaysi dori vositalarini qabul qilishlari kerakligini so‘rashmoqda.

Albatta, biz ularga dorilarni tavsiya eta olmaymiz. Shuning uchun bunday tavsiya bera oladigan tibbiyot xodimlariga, xususan, oilaviy poliklinikadagi shifokorlarga murojaat qilishlari kerakligi, u yerda esa bemorga holatiga qarab dorilar to‘plami berilishini aytamiz. Ta’kidlash lozimki, fuqarolarning bergan savollari bir-birini qaytarmaydi. Har qaysisini alohida detallar qiziqtiradi. Mutaxassislarimiz shunga mos tarzda, ularni qoniqtirgan holda javob berishga harakat qilmoqda”, — deydi Call-markaz mutaxassisi Feruz Tojiyev.

Shuningdek, murojaatchilar Toshkent shahar va viloyatlardagi COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni qabul qilayotgan shifoxonalarning manzili va qaysi tibbiyot muassasalarida bo‘sh joy mavjudligini ham so‘ramoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi, pnevmoniya yoki ushbu kasalliklarga gumon qilingan va boshqa yuqumli xastaliklar bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida O‘zbekiston bo‘yicha jami 82 ta maxsus shifoxona faoliyat yuritmoqda.

Kasallik klinik belgilarsiz va yengil kechayotgani sababli uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish hamda ularga ambulator hamda bemor uyiga borgan holda xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida 124 ta ixtisoslashtirilgan maxsus poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 222 ta “mobil brigadalar” tashkil etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi