Samarqand shahrining Shohizinda ko‘chasidagi xonadonda yuz bergan yong‘in qo‘shni uyga ham tarqaldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26-iyul kuni soat 14:58 da Samarqand shahar Shohizinda ko‘chasidagi 242-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar berilgan. Olingan xabarga asosan yong‘in joyiga 5 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in joyiga birinchi ekipaj soat 15:04 yetib borganda 5 ta xonadonning, taxminan, 200 metr kvadrat maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonayotgan bo‘lgan.
Yong‘in kuchli shamol natijasida tezda katta maydonga tarqalgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:39 da o‘rab olinib, soat 17:00 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh (0)