• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp prezident saylovidagi mag‘lubiyatidan so‘ng, hokimiyatni kuch bilan ushlab turmoqchi edi. Uning harbiy maslahatchilaridan biri shu fikrda prezidentga qarshi kurashga tayyorlangan

    AQSh shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi general Mark Milli 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan AQSh prezidenti saylovi arafasida Donald Tramp mag‘lubiyatga uchragan taqdirda hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishiga rozi bo‘lmasligidan shunchalik xavotirga tushganki, bunday vaziyatda qanday harakat qilish bo‘yicha ssenariy ishlab chiqqan. Bu haqda The Washington Post gazetasi jurnalistlari, Pulitser mukofoti sovrindorlari Kerol Leonnig va Filip Raker muallifligidagi “Buni faqat men tuzata olaman” (I Alone Can Fix It) kitobida aytib o‘tilgan, deb yozadi Meduza.

    Mark Milli (chapda) va Donald Tramp

    Mark Milli (chapda) va Donald Tramp
    Foto: Getty Images

    Kitobda Tramp prezidentligi muddatining so‘nggi (kitob muqovasida aytilganidek, “halokatli”) yili haqida so‘z boradi, xususan uning koronavirus xavfini qanchalar past baholagani, irqchilik va politsiya zo‘ravonliklariga qarshi namoyishlarni tarqatish uchun harbiylarni ko‘chaga olib chiqishni taklif qilgani, prezidentlik saylovlari soxtalashtirilgan, degan fikrda turib olgani va hokimiyatni Jo Baydenga topshirishni istamagani birma-bir yoritib berilgan. Kitob 140 dan ortiq manbalar bilan qilingan intervyularga asoslangan bo‘lib, ularning aksariyati anonim. Shuningdek, Trampning o‘zi kitob uchun intervyu berib, mualliflar bilan ikki yarim soat suhbatlashgan.

    Foto: Meduza

    “Buni faqat men tuzata olaman” kitobi keyingi haftadan sotuvga chiqadi. 15-iyul kuni The Washington Post gazetasi kitobdan parcha e’lon qildi. Shundan so‘ng boshqa Amerika nashrlari, jumladan CNN, The New York Times, NBC va New Yorker 2019-yilda shtab boshliqlari birlashmasini boshqargan general Mark Millining Tramp prezidentligi muddatining so‘nggi oylarida o‘ynagan roli haqida yoza boshladi.

    General Milli Trampning hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirmaslik uchun armiyani ko‘chaga olib chiqishga yoki undan tashqi inqirozni, xususan Eron bilan urushni qo‘zg‘ashda foydalanishga harakat qilishidan xavotirda edi. Kitobda ta’kidlanishicha, Milli Trampni “yo‘qotadigan hech narsasi bo‘lmagan klassik avtoritar rahbar” deb bilgan va unda Germaniyada Reyxstag saylovlaridan ko‘p o‘tmay hokimiyatga kelgan Adolf Gitler bilan o‘xshash jihatlarni ko‘rgan. U Trampning faol tarafdorlarini “jigarrang ko‘ylaklilar” va “natsistlar” deb atardi.

    Millining so‘zlariga ko‘ra, Tramp 1807-yilda qabul qilingan qo‘zg‘olon to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirish uchun o‘z tarafdorlarining noroziligini kuchaytirgan. Qonun prezidentga mamlakat ichida armiyadan foydalanishga ruxsat berardi. Milli va shtab boshliqlarining boshqa a’zolari noqonuniy buyruqlarni bajarmaslikka, bosim o‘tkazilsa, birma-bir iste’fo berishga kelishib oldi. “Ular urinib ko‘rishi mumkin, ammo la’nati maqsadlariga yetolmaydi. Buni harbiylarsiz amalga oshirib bo‘lmyadi. Buni Markaziy razvedka boshqarmasi va Federal qidiruv byurosiz amalga oshirib bo'‘maydi. Biz qurollanganmiz”, — degandi general.

    Kapitoliyga uyushtirilgan hujumdan so‘ng, Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Milliga “aqldan ozgan” va “xavfli” Tramp o‘zining hokimiyatdagi so‘nggi kunlarida yadro qurolidan foydalanishga qaror qilishidan xavotirdaligini aytdi. Milli bunday bo‘lmasligiga kafolat berdi.

    “Xonim, jarayon ketyapti. Biz faqat qonuniy buyruqlarni bajaramiz. Faqat qonuniy, axloqiy va to‘g‘ri ishlarni qilamiz”, — dedi u.

    Kapitoliyga hujumdan so‘ng general har kuni Oq uy apparati rahbari Mark Meadouz va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

    “Ushbu uchrashuvlarning asosiy mavzusi quyidagilar edi: nima bo‘lishidan qat’i nazar, 20-yanvar kuni hokimiyat tinch yo‘l bilan topshiriladi. Go‘yoki biz ketayotgan samolyotning qo‘nish g‘ildiraklari qisilib qolgan, faqat bitta dvigatel omon qolgan, yonilg‘i esa tugagan edi. Va biz uni amallab qo‘ndirishimiz kerak edi”, — deydi ismini oshkor qilmagan yuqori lavozimli amaldor kitob mualliflariga.

    12-yanvar kuni Bosh shtab boshliqlari Kapitoliyga qilingan hujumni qoralovchi bayonot chiqarib, sakkiz kundan keyin Bayden rasman prezident lavozimiga kirishishini ta’kidladi. 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida Milli AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaga shunday dedi: “Bugun hech kimning tabassumi menikiga yetmaydi”.

    Amerika OAVlarida kitob haqida maqolalar nashr etilgandan so‘ng, Tramp Millini tanqid qildi va to‘ntarish qilishni rejalashtirmaganini aytdi: “Sizlarga shuni afsus bilan ma’lum qilamanki, mening ‘davlatni to‘ntarish’ usulim — bu saylovlar va agar men to‘ntarishni amalga oshirmoqchi bo‘lganimda, general Mark Milli men bu ishni amalga oshirishda hamkorlik qilishni istagan so‘nggi odamlardan biri bo‘lardi”.

    Millining o‘zi kitob mazmuni haqida izoh bermaydi, degan CNN’ga mudofaa sohasidagi unga yaqin amaldor. Shu bilan birga, u Trampning prezidentlik muddati tugashida Milli o‘z lavozimiga xos bo‘lmagan “faoliyat va aloqalar” bilan shug‘ullanganini inkor etmadi. “U armiyani amerikaliklarga qarshi qo‘llashga bo‘lgan har qanday urinishlarga jim qarab o‘tirmaydi”, — dedi CNN suhbatdoshi.

    Mavzuga doir: “Men zo‘ravonlikni xohlamayman”. Tramp impichment va Kapitoliyga bo‘lgan hujum haqida so‘zladi

    21.07.2021, 18:32   Izoh (0)   22868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Poroshenko bir yil ichida Qrimni Ukraina tarkibiga qaytarishga va’da berdi

    21.07.2021, 17:31

    JSST koronavirusning yanada xavfliroq shtammi paydo bo‘lishidan ogohlantirdi

    21.07.2021, 16:30

    Tojikistonda afg‘onistonlik qochqinlar uchun vaqtinchalik lager quriladi

    21.07.2021, 15:38

    NATO bosh kotibi lavozimiga uch nafar ayolning nomzodi qo‘yilishi mumkin — Politico

    21.07.2021, 14:16

    Tojikiston prezidentining singlisi koronavirusdan vafot etdi

    21.07.2021, 12:14

    Xitoyda suv toshqini tufayli 100 ming kishi evakuatsiya qilindi, metroni suv bosishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi (video)

    21.07.2021, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.