Toshkentda 6-iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 1348 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, karantin tartiblarini buzgan yuridik shaxslar soni 18 tani, ogohlantirish olgan fuqarolar esa 4526 nafarni tashkil etgan.
“Hurmatli fuqarolar, o‘zingiz va atrofdagilarning sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang. Karantin qoidalariga amal qiling”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda virusdan himoyalanish uchun tavsiya etiladigan niqoblardan yaqin orada voz kechish rejasi yo‘qligini aytgandi.
Izoh (0)