Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda SanJay “Chotki tv” YouTube-kanaliga bergan intervyusida o‘zining ustidan kulgan hamkasbi Jasurbek Mavlonovga murojaat qildi.

“Jonli efirda bir inson mening ustimdan kulib chiqyapti, keyin men to‘g‘rimda she’r chiqaryapti, undan keyin jonli efir qilyapti va mavzuni davom ettiryapti. Men bu uchta videoni ham Instagram’dagi sahifamga joylab qo‘ydim. Xalq o‘z bahosini bersin. Uning ma’muriga 5-6 marta telefon qildim. Ma’muri uni dam olyapti dedi. Telefon qilsin menga, dedim. Agar u erkak bo‘lganida, telefon qilib, uzr, Sanjar aka, men xato qilibman, degan bo‘lardi, qachonlardir yopilib ketardi bu ish. Bu bola mendan uzr so‘ramay turib, ikkinchi va uchinchi zarbalarni beryapti. U erkak emas, unga ayollarning kofta-yubkasini berib, ro‘mol taqib, ko‘chaga chiqarib yuborish kerak. Uning ismini ham o‘zgartirish kerak. Qanaqadir antiqa ayollar ismlaridan qo‘yish kerak, masalan Lolita”, — deydi SanJay.

“Kel, men bilan uchrash, erkak bo‘lsang, kel, ‘duxing’ yetsa kel. Baribir men sendan so‘rab olaman, qochib keta olmaysan mendan. Sening o‘zi toming joyidami? Tom bormi senda? Iloji bo‘lsa, har kuni pampers taqib yur. Men yo‘lingdan chiqsam, ishtoningni ho‘llab qo‘yasan!”, — deya so‘zlarini davom ettiradi SanJay.

Eslatib o‘tamiz, SanJay jonli efirda folloverlariga murojaat qilib, ko‘chalarni toza saqlashga, birdam bo‘lishga chorlayotgan vaqtda yig‘lab yuborgan edi. Xonanda Jasurbek Mavlonov esa ushbu holatni mazax qilib, SanJayning ustidan kulgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi