Chanel brendi Metiers d’Art kolleksiyasidagi bezaklardan birini Apple kompaniyasining AirPods va AirPods Pro naushniklariga bag‘ishladi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: Chanel

Brend kristalli logotipga ega oq va qora g‘iloflarni yaratgan. Aksessuar kamar-zanjirdagi marvarid iplar bilan bezatilgan. Uni yelkada ham, kamarda ham taqib yurish mumkin.

Foto: Chanel

Liniyadan qo‘zichoq terisining metall rangli varianti o‘rin olgan. Unga oltin emblema va qora tasma-zanjir qo‘shilgan.

Foto: Chanel

Marvarid taqinchoq AirPods aksessuarlari uchun yakuniy kolleksiyaga aylangan. CC massiv logotipi tushirilgan ip naushniklarning har biriga qotiriladi.

Foto: Chanel

Chanel’ning AirPods uchun aksessuarlarini modalar uyining sayti orqali 1650 dollardan 2675 dollargacha xarid qilish mumkin.

Avvalroq Dior brendi qushlardan ilhomlanilgan yangi soat modelini taqdim qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.