“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
14:42, 18.06.2021 42685

Yulduzlarning ahmoqona talablari (foto)

Millionlar evaziga gastrol safariga chiqqani yetmagandek, mazkur yulduzlar tashkilotchilarga ahmoqona talab qo‘yishi bilan ham yaxshi ma’lum.

Madonna

Foto: Harper’s Bazaar

Xonanda mehmonxonadagi mebellarni o‘zining shaxsiy mebellariga o‘zgartirishni va hammasini qat’iy belgilangan tartib bilan joylashni talab qilgan. Bundan tashqari, uning ahmoqona talablari orasida pardozxonaga 20 ta xalqaro telefon tarmog‘i, shuningdek, uchta arxideya, uchta sham va O‘lik dengizi tuzini qo‘yish ham bo‘lgan.

Elton Jon

Foto: Harper’s Bazaar

Samolyotni qaytadan bo‘yattirgan Elton pardozxonaga daraxt qo‘ydirish, ko‘zoynaklar kolleksiyasi uchun alohida xona ajratish va u yerdagi harorat 16 darajadan issiq bo‘lmasligi kabi talablarni qo‘ygan.

Pol Makkartni

Foto: Harper’s Bazaar

Pol o‘zi yashaydigan xonada charmdan tikilgan narsalar, gilam va hayvon terisi bilan qoplangan mebellar bo‘lishiga chiday olmaydi. Hayvonlarni himoya qilish bilan kurashadigan Makkartni vegetarian ekani bilan ma’lum.

Jennifer Lopes

Foto: Harper’s Bazaar

Lopes esa mehmonxona nomeridagi devorlarni oq rangga bo‘yatishi, shuningdek, mebellarni oq rangda bo‘lishi, quloqchin brilliant bilan qoplanishi hamda unitazga charm o‘rindiq qo‘yilishini istab qolishi mumkin.

Merayya Kerri

Foto: Harper’s Bazaar

Merayya saqichini tashlash uchun yordamchi, bir yarim ming dollarlik shampan vinosi, ushlagichlari oltindan ishlangan hojatxona va itlari uchun alohida zal talab qilgan.

Merlin Menson

Foto: Harper’s Bazaar

Merlinga o‘zini baxtli his qilishi uchun marmeladli ayiqchalar, popkorn va chipslar bo‘lsa kifoya.

Jastin Biber

Foto: Harper’s Bazaar

Jastin esa zanjabilli ingliz pivosi, Coca-Cola, oppoq paypoq va internetdan foydalansa bo‘lgani.

Van Halen

Foto: Harper’s Bazaar

Ushbu guruh a’zolari tashkilotchilarga pulini qaytarib bermasdan, so‘ragan konfetlari mehmonxona nomeriga qo‘yilmagani sabab konsertni to‘xtatishi mumkin.