Shavkat Mirziyoyev Izboskan tumanidagi “Urganji” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, mahallada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yil 915 o‘rinli umumta’lim maktabi ta’mirdan chiqarildi. O‘nlab kichik biznes subyektlari aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Ta’kidlanishicha, odamlarning o‘zi ham hunarmand, mirishkor. Jumladan, dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga 10 sotixdan yer ajratilyapti. Mahalladagi 150 ta xonadonga 50 boshdan parranda berilib, o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlangan.

Shavkat Mirziyoyev shu yerlik Qurbonali O‘rinboyev xonadonida bo‘lib, yashash sharoitlari, parrandachiligini ko‘zdan kechirdi. Mahalla vakillari bilan dildan suhbat bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Endi har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, biznes-reja yozib beriladi. Davlat tashkilotlari sharoit yaratadi. Hozirgi zamonga munosib bo‘lib, mehnat qilmasak, niyatimizga yetolmaymiz. Xudoning o‘zi mehnatga, harakatga yarasha ajrini beradi”, – dedi Prezident.

Nuroniylar yurtga tinchlik, xalqqa farovonlik tilab, duo qildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifini Izboskandagi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rgani, Andijonda metall konstruksiyalar korxonasi tashkil etishga ko‘rsatma bergani hamda Izboskan tumanidagi “Rustamjon Zamin rivoji” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla hosilini ko‘rgani haqida xabar berilgandi.