Xiaomi kompaniyasi yangi “aqlli” soati — Imilab W11’ni taqdim etdi, deb xabar beradi Gizchina.

Foto: Gizchina

Yangi gadjet diagonali 1,09 dyuym va 240x240 pikselli LCD-ekranga ega bo‘lgan. Korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, tasmalari — sirpanmaydigan silikon.

Mazkur soatning faqat ikkita rangdagi varianti sotuvga chiqadi: oq yoki pushti tasmalarga ega pushti korpusli. Soatlar IP68 standarti bilan himoyalangan bo‘lib, ular yordamida bemalol basseynda cho‘milish mumkin.

Foto: Gizchina

Imilab W11 sog‘liqni monitoring qilish datchiklariga, yurak ritmini 24 soat yuqori aniqlikda kuzatish sensori hamda qondagi kislorod to‘yinganini aniqlaydigan datchik bilan jihozlangan.

Shuningdek, soatlar to‘qqizta sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Qizlar soatlardan menstrual siklni eslatib turadigan funksiyasidan yordamchi sifatida foydalanishi mumkin.

Foto: Gizchina

Soatlar qalinligi 11,4 millimetrni, og‘irligi — 21,9 grammni tashkil etadi. Uning ichiga o‘rnatilgan sig‘imi 180 mA/soatli akkumulyator 3,5 soatda 100 foizga quvvatlanadi. O‘rtacha rejimda ishlash avtonomligi 15 kunga va kutish rejimida 30 kunga teng.

Xiaomi Imilab W11 narxi hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi o‘zining kollektiv moliyalashtirish platformasida asosiy vazifasi arterial bosimni o‘lchash bo‘lgan Hipee Smart Blood Pressure Watch “aqlli” soatlarini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.