YouTube’dagi Alain B kanali muallifi Lego konstruktori yordamida yaratilgan GMC Hummer EV’ning mitti nusxasining videoroligi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Motor. Mashina originaliga juda o‘xshashi bilan birga, o‘yinchoq pikapning qator funksiyalari ishlaydi.

Kadr: YouTube

O‘yinchoq Hummer EV’ni yaratishda muallif original modelning barcha proporsiyalaridan juda katta aniqlikda nusxa olgan, shuningdek, tashqi dizayn va interyeri elementlari haqiqiy pikapnikidek. Bloger mitti modelni yechiladigan tom paneli, ochiluvchi yuk bo‘lmasi eshigi, shuningdek, yorug‘lik diodlar bilan jihozlagan.

O‘yinchoq Hummer elektromotor va to‘liq boshqariluvchi shassi yordamida mustaqil harakatlana oladi. Bundan tashqari, modelning yo‘l usti bilan orasidagi masofasini o‘zgartirish va hatto “qisqichbaqa rejimi”da diagonali bo‘ylab harakatlantirish mumkin. O‘yinchoqning yukxonasiga biror yuk joylashtirilsa, Hummer avvaliga “o‘tiradi” va shundan so‘ng, klirensni qayta tiklaydi. Bu kabi o‘zini o‘zi muvozanatlash funksiyasi haqiqiy pikapda ham mavjud.

Bloger haqiqiysiga juda o‘xshash nusxani yaratishda 2200 ta ehtiyot qismdan foydalangan. Muallif o‘z pikapini ekspertlar komissiyasi eng yaxshi qo‘lbola loyihalarni aniqlaydigan Lego Ideas tanloviga qo‘yish niyatida. Himmer EV muvaffaqiyatga erishgan taqdirda, u Daniya konstruktorining rasmiy lineykasidan o‘rin oladi.

Avvalroq Lego ishlaydigan “podveska”ga ega Jeep Wrangler modeli jamlanmasini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.