Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashi doirasida C guruhi o‘yinlari 7-iyun, dushanba bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Eron Bahraynga qarshi bahs yuritdi va yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Forslarning gollariga Sardor Azmun va Mehdi Taremi mualliflik qildi. Ushbu g‘alaba tufayli Eron keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Guruhning boshqa bir o‘yinida Iroq Kambojaga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda 4:1 hisobida iroqliklarning qo‘li baland keldi. Iroq gollari Mohanad Ali, Bashar Rasan, Adnan Ali va Abdulloh Safaning hisobiga yozildi. Kambojaning yagona javob to‘piga esa Visal Soeuy mualliflik qildi.

C guruhidagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda:

Foto: “Daryo” / Maftuna Jaloliddinova

JCh—2022 saralashi

7-iyun, dushanba

Eron — Bahrayn 3:0

Gollar: 1:0 — 54 Azmun, 2:0 — 61 Azmun, 3:0 — Taremi.

Iroq — Kamboja 4:1

Gollar: 1:0 — 1 Mohanad, 2:0 — 23 Rasan, 3:0 — 27 penalti Adnan, 3:1 — 54 Soeuy, 4:1 — 90+4 Abdulloh.