• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Xayoliga kelgan narsani oyog‘i bilan qila olgan “boqiy madridlik” hikoyasi

    Qadimgi Rim olimlari har bir insonda uni yomonliklardan himoya qiladigan, unga yaxshiliklarni kafolatlaydigan, uning uyini himoya qiladigan “daho” — qo‘riqchi farishtasi bo‘ladi deb aytgan. Bu so‘zning zamonaviy ma’nosi o‘zgargan. Endi biz boshqalarning aqlini shoshirib qo‘yadigan insonlarni daho deb ataymiz. “Real” yarim himoyachisi Fernando Redondoni shu toifaga kiritishimiz mumkin. Quyida Redondoning futboldagi yo‘li hikoya qilinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Fernando Karlos Redondo 1969-yil Buenos-Ayres yaqinidagi Adroge shaharchasida tavallud topgan. Uning ota-onasi o‘rta qatlam vakillari bo‘lib, Redondoning bolaligi oddiy bolalarniki kabi o‘tgan.

    Yosh Fernando kelajagi uchun istagan kasbini tanlashi mumkin edi, lekin u futbolda to‘xtadi. Uning otasi ham futbolchi bo‘lib, yarim himoya chizig‘ida harakat qilardi. Shuningdek, “Independyente” jamoasining ashaddiy muxlisi ham edi. Barcha oila a’zolari bir joyga yig‘ilib, futbol tomosha qilish oilaviy an’anaga aylangan. Ekranda o‘z davrining qahramonlari — Rikardo Bochini va Daniel Bertonilarning o‘yini namoyish etilardi. Ular Libertadores Kubogini ketma-ket qo‘lga kiritardi. Fernando o‘z kumirlaridan ruhlanib, ularga taqlid qilishga urinardi. Futbol tugagach bolakay akasi Leo bilan bog‘ tomonga to‘p tepgani ketardi.

    Tez orada u yoshlar darajasida futbol o‘ynay boshladi. Skautlar uni kuzatib borardi. Jumladan, “Arxentinos Xuniors” skauti Oskar Refoxos ham. U 11 yoshli futbolchining uyiga tashrif buyurib, Xose Pekerman va Diego Maradonalarni o‘stirgan jamoada tez orada mashg‘ulot o‘tashi mumkinligini aytgan. Bu jiddiy va mas’uliyatli vazifa edi. Yaxshiyamki, Fernandoning otasi bu mas’uliyatni his qilgan. Uni o‘g‘lining mashg‘ulotlarga borishi uchun soatlab yo‘l bosishi xavotirga solmagan, bolakay cherkovdan chiqishi bilan jamoasi bilan futbol o‘ynagani yugurardi.

    “Xuniors” murabbiyi Fernando Kornexo yosh iste’dodlar bilan ishlashni bilardi. Aynan u o‘z vaqtida 8 yoshli Maradonaga e’tiborini qaratgan edi. Ammo Redondoning o‘yin uslubi Kornexoda savollar tug‘dirdi: “Sen juda ko‘p narsa namoyish qilib yuborasan, fintlar va tryuklarga ko‘p e’tibor berib qo‘yasan”, — dedi yosh Fernandoga qarab. “Men rostdan ham gambeta uslubni yaxshi ko‘rardim, ammo murabbiy bu kerakli vaziyatlarda qo‘llanishi lozim bo‘lgan qurol ekanligini ta’kidladi”.

    Klub miqyosida professional debyutidan 5 oy avval xalqaro musobaqada sovrin yutgan futbolchining iste’dodi haqida gapira boshlashdi. 1985-yilda Janubiy Amerika yoshlar kubogini boshi uzra ko‘targan futbolchi Argentinaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. “Xose Amalfitani” tribunasida 40 ming muxlis ko‘z oldida Redondo Ugo Maradonadan (kimning ukasi ekanligini bilasiz) ustun keldi va jamoasiga Braziliyani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishida yordam berdi. Muxbirlar darhol yosh futbolchiga diqqatini qaratdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shundan so‘ng murabbiy Xose Yudika iqtidorini namoyish etayotgan yosh dahoni asosiy tarkibga qo‘sha boshladi. Fernando 1988-yil, Serxio Batista “River Pleyt”ga o‘tganidan keyin asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

    Jurnalist Danel Balmaseda Redondodan “ideal argentinalik futbolchi”ni ta’riflab berishini so‘raganda u “aqlli va o‘yinni o‘qiy oladigan xarakterga ega, talantli va texnik jihatdan kuchli bo‘lish kerak”, — deydi. Atayinmi yoki yo‘q, u o‘zining kuchli tomonlarini ta’riflab bergan edi. Aynan shu jihatlari Yevropa skautlarini e’tiborini tortgandi va ular futbolchini o‘zlari bilan olib ketishga tayyor turishardi.

    Shuni ta’kidlab o‘tish kerak, “Arxentinos” o‘z futbolchilariga mavsum so‘ngida yangi shartnoma taklif qilishni negadir yoddan chiqarib qo‘ydi. Bunday e’tiborsizlik tufayli butun jamoa ishsiz qoldi. To‘g‘ri, barcha indamasdan ortga qaytdi. Faqat bir kishidan tashqari.

    Tezkor Xorxe Solari (“Real” yulduzi Santyago Solarining amakisi) Redondoga birinchi bo‘lib shartnoma taklif qildi. U endigina La Ligada zo‘rg‘a jon saqlab qolgan “Tenerife” jamoasi murabbiyiga aylangan edi. Jamoa Yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashish maqsadida ko‘plab futbolchilarni sotib ola boshladi. Masalan, yosh Albert Ferrer ijaraga olindi, iste’dodli futbolchi Xerardo Martino xarid qilindi. Ammo bugungi qahramonimiz jamoaga qo‘shilishidan avval klubning muvaffaqiyatiga hamma shubha bilan qarardi.

    Yosh yarim himoyachi o‘ziga e’tibor jalb qilmasdan qo‘ymasdi. Keng yelkalar, argentinaliklarga xos texnika va turlicha uslublarning noyob aralashmasi — barchasi unda mujassam edi. Redondo jamoadoshlaridan ajralib turardi. Undan tashqari maydonda agressiv va g‘oliblik ruhiyati bilan harakatlanardi. “Osasuna”ga qarshi o‘yinda raqibiga tashlanib, uni yerga yiqitadi va maysani uning og‘ziga olib borib: “ye, eshak!”, — deb baqiradi.

    “Tenerife” qanchalik bo‘ynidan baland sakramasin, musobaqa jadvalida yuqoriga chiqish nasib etmadi. O‘sha yilgi mavsum faqatgina “Real” ustidan qozonilgan g‘alaba bilangina yodda qoldi. So‘nggi turda “Tenerife” “Real”ni mag‘lub etib, madridliklarni chempionlikdan mosuvo qilgandi. U vaqtda esa Solari jamoani tark etgan, uning o‘rnini esa Xorxe Valdano egallab ulgurgandi.

    36 yoshli argentinalik mutaxassis endigina futbolchilik faoliyatini yakunlagandi, unga murabbiylik vazifasini taklif etildi. Valdano tanlovi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi: avvaliga “Tenerife” musobaqada qolish uchun harakat qilgan bo‘lsa, keyin beshinchi o‘ringa chiqib oldi va UEFA Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Redondo esa o‘sha tarkibning almashtirib bo‘lmas futbolchisi edi. “U haqida nimadir gapirish kerak bo‘lsa, shuni ayta olaman: u xayoliga nima kelsa, oyog‘i bilan o‘sha narsani qilib ketaveradigan kam sonli futbolchilardan biri. Fernando — jamoam uchun muhim bo‘lgan futbolchi” — deb tan olgandi Valdano.

    Xorxe Valdano “Real”ga chaqirilgach, o‘zi bilan futbolchini ham olib ketdi. 1994-yilda madridliklar safida yangi 6-raqamli futbolchi paydo bo‘ldi. Muxlislar darhol uni yoqtirib qoldi, go‘yoki u shu klub uchun yaratilgandek. Fernando “qirollik klubi”ga xos harakat qilardi. Unga gollivudcha tashqi ko‘rinishni ham qo‘shsak, uning terma jamoadagi sherigi Diego Simeone nega Redondoni “shahzoda” deb atashini tushunishimiz mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Valdanoning g‘alabali yurishlari davom etardi, “Real” u bilan juda tez ravishda sovringa ega chiqdi. “Real” jamoasi shunchaki g‘alaba qozonmadi, buni juda chiroyli o‘yin namoyish etgan holda amalga oshirdi. Redondo bilan birgalikda Ivan Samorano va Mikael Laudruplar ham sovrin yutdi. “Men u yerda to‘p surishni yoqtirardim, — tan oladi Fernando Diego Berlinski bilan bo‘lgan intervyuda. – Bu pozitsiya maydonni to‘liq ko‘ra olishim va o‘yinni o‘qishim uchun qulay”.

    Chempionlik – albatta, yaxshi. Lekin Madridda hammaning o‘yi boshqa narsa bilan band. “Real” 30 yildan buyon Chempionlar Ligasini qo‘lga kirita olmayotgandi. Ichki chempionatda barchasi joyida, ammo Yevrokuboklardagi omadsizligi sabab mavsum o‘rtasida Valdano jamoadan ketdi. Uning o‘rnini Fabio Kapello egalladi. Italiyalik mutaxassis ham Ispaniya chempionligini qo‘lga kirita oldi, xolos. Lekin jamoa Chempionlar Ligasida navbatdagi omadsiz mavsumini o‘tkazdi. Qanday qilib jamoa shunday jamoa Yevrokubokni qo‘lga kirita olmayotganini muxlislar tushunmasdi.

    Redondo ham shu haqida o‘ylardi. Futbolchi uni “taktik jihatdan ideal” deb ataydigan Kapello jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushardi. “Real” “Milan” fonida kuchsizroq jamoa bo‘lib ko‘rinayotgandi. Silvio Berluskoni jamoasida 5 ta “shalpangquloq” sovrin mavjud edi. “Qaymoqranglilar”da esa bu sovrin 6 ta. Yaqin orada Italiya jamoasi “Madrid”ni ortda qoldirishi hech gap emasdi.

    Omadsiz tamg‘ani olib tashlash vazifasi Yupp Haynkesga topshirildi. “Qirollik klubi”ning qarshisida Italiyaning boshqa bir jamoasi — “Yuventus” turgandi. Turinliklar o‘sha mavsum juda kuchli edi va Chempionlar Ligasi finalida ham oson g‘alaba qozonishi taxmin qilingandi. Madridliklarning xavotirini tushunish mumkin edi: o‘yindan oldin uxlay olishmadi, tuni bilan o‘zlarida jasorat paydo qilishga urinardi.

    1998-yilgi final “Real” tarixidagi eng muhim o‘yinlardan biri edi. Bizning ishtahamiz ham bo‘g‘ilgandi – futbolchilar va muxlislar o‘sha kunni intizorlik bilan kutishardi.

    Manuel Sanchis, “Real” sardori 

    Redondo uchun ham o‘sha final muhim ahamiyat kasb etardi. U o‘z davrining eng kuchli futbolchilaridan biri Zinedin Zidanga qarshi maydonga tushayotgandi. Qaysidir ma’noda maydon markazida fransuzni “bo‘g‘ib” qo‘ydi ham. O‘yinning 67-daqiqasida Predrag Miyatovichning urgan goli madridliklarga uzoq kutilgan sovrinni olib keldi. Madrid ko‘chalariga millionlab muxlislar chiqdi, prezident Lorenso Sans esa nihoyat erkin nafas ola boshladi. U Chempionlar Ligasini va’da qilgan edi, uning ustidan chiqdi. Roberto Karlos, Klarens Zeedorf va Davor Shukerlarga sarflangan millionlar o‘zini oqladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ishidan qoniqqan Haynkes jamoadan ketdi, uning o‘rnini Xose Antonio Kamacho egalladi. U esa prezident bilan tortishib qoldi va jamoada uzoq qolmadi. Yangi murabbiy Gus Hiddink kelganida esa “Real” formada emasdi. Hattoki niderlandiyalik mutaxassis ham futbolchilarga chempionlik ruhiyatini qaytarib bera olmadi va 1999-yil fevral oyida iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini esa Jon Toshak egalladi.

    “Men fevral oyida jamoada kelganimda ahvol judayam og‘ir edi. Futbolchilarda ishtiyoq yo‘q edi. Butun boshli jamoaga bir nechta futbolchilar yomon ta’sir o‘tkazardi. Ba’zi futbolchilar mashg‘ulotlarga yuzaki qarardi” – deb yozadi Jon Toshak o‘z avtobiografiyasida.

    Toshak yulduzlik kasaliga chalingan futbolchilar bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. U jamoani o‘ziga keltira oldi. Mavsum yakunida “Real” ikkinchi o‘rinni egalladi. Hammasi yaxshiligiga qaramasdan, bu murabbiy ham rahbariyat bilan munozaralardan so‘ng jamoani tark etishga qaror qildi. “Qaymoqranglilar”ning yangi ustozi Visente del Boske o‘zining yumshoq xarakteri bilan futbolchilar va prezident Sansning hurmatiga sazovor bo‘ldi.

    Redondo ham yangi murabbiy bilan tez til topishdi. Ularning temperamentlari o‘xshash edi. Yarim himoyachi mutaxassis bilan do‘st tutindi. Murabbiy ham shogirdini tarkibning muhim futbolchisi deb atardi.

    Hattoki uyg‘unlik ham “Real”ga g‘alabalarni kafolatlamadi. Kiyim almashtirish xonasida sokinlik hukm surardi, maydonda esa ishlar yurishmasdi. Jamoa o‘zgarishlarga muhtoj edi. Yozda jamoaga Nikolya Anelka, Michel Salgado va Ivan Elgera kabi futbolchilar olib kelindi. “Liverpul” futbolchisi Stiv Makmanaman jamoaga tekinga tushgan.

    Happy Birthday Fernando Redondo!pic.twitter.com/Gmhi2o7sQE

    — 90s Football (@90sfootball) June 6, 2021

    Bu ham jamoaga yordam bera olmadi. “Real” yangi yil oldi “Valensiya” va azaliy raqibi “Atletiko”ga imkoniyatni boy berdi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichi esa “Bavariya”ga uchralgan ikki mag‘lubiyat bilan yodda qoldi. Chorak finalda esa “Manchester Yunayted” raqib bo‘lishini eshitgan muxlislar sharmandali mag‘lubiyatga tayyorlanishardi. Uydagi nursiz durang ularni xavotirini salgina bosa oldi, xolos.

    Barchamiz bilganimizdek, juda erta vahima qilindi. Balki, ispanlarga qarshi amaldagi chempion harakat qilayotgandir, lekin tarkibda istalgan o‘yin taqdiri hal qila oladigan Redondo bor edi. Fernandoning “Manchester Yunayted”ga qarshi finti barchaning yodida.

    Fernando Redondo, Champions League, Old Trafford, y una jugada de ensueño #GolesQueNoTePuedenFaltar pic.twitter.com/I7nJvFEde6

    — VSports Team (@VSportsTM) June 6, 2021

    “Qizil iblislar” mag‘lubiyatga uchratildi. “Real” erkin nafas olishiga hali erta edi. Keyingi bosqichda ularni “Bavariya” kutib turardi.

    Aynan shu uchrashuvda del Boskening ishlariga baho berish mumkin edi. Doim ham favorit hisoblanmasa, jangovar jamoani shakllantira oldi. Uning “Real”ida Redondo 11 sardorning biri edi. Har bir futbolchi oxirigacha kurash olib borardi. Oldinda 1998-yildan buyon ilk final turgandi.

    Redondo o‘sha vaqtda 30 yoshni qarshilagandi. Finallar u uchun yangilik emasdi, lekin jamoadoshlariga o‘rgatadigan narsalar bor edi. “Valensiya” kuchli edi. Ammo Fernando Moryentesning goli ularning motivatsiyasini so‘ndirdi. Finalda g‘alaba.

    Shu bilan “Real Madrid” prezidenti Sansning davri o‘z nihoyasiga yetdi. Uning o‘rniga kelgan Florentino Peres klubdagi hamma narsani o‘zgartirib yubordi. Shu jumladan, Redondo ham Madridni tark etishi lozim edi. Prezident buni futbolchining o‘ziga aytmadi, uchinchi odam orqali yetkazdi. “Qaymoqranglilar” sharafini munosib himoya qilgan futbolchi bunday muomaladan ranjidi.

    “Real” – mening uyim va menga boshqa hech narsa kerakmas. Agar men ro‘yxatga tushgan bo‘lsam, mening ketishim uchun klub qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi.
    “Qaymoqranglilar” ketish qarori Redondoning o‘ziga tegishli ekanini aytdi, ammo bunga hech kim ishonmadi. Muxlislar barchasini tushunib turgan edi. Sevimli jamoasining yana bir buyuk futbolchisi jamoani tark etyapti. U jamoadan ketgan bo‘lsa ham, Madridda namoyish etgan o‘yinlari hali-hamon muxlislar yodida.

    07.06.2021, 21:16   Izoh (0)   17110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Raqamlar so‘zlaganda: O‘zbekiston — Singapur qarama-qarshiligida ustunlik kim tomonda?

    07.06.2021, 19:45

    JCh—2022 yo‘lida. “Navbahor” futbolchisi gol urgan o‘yinda Tojikiston terma jamoasi Yaponiyaga yirik hisobda yutqazdi

    07.06.2021, 18:46

    Joze Mourinyo Yevro—2020 ning asosiy favoriti qaysi terma jamoa ekanini aytdi

    07.06.2021, 16:50

    AQSh terma jamoasi Meksikani mag‘lub etib, KONKAKAF Millatlar Ligasining ilk sovrindoriga aylandi

    07.06.2021, 15:43

    JCh—2022 yo‘lida. Karantin cheklovlari sabab darvozabonsiz qolgan Qirg‘iziston kutilmaganda autsayderga yutqazib qo‘ydi

    07.06.2021, 14:16

    Germaniya yoshlar terma jamoasi Portugaliyani mag‘lub etib, Yevro—2021 (U-21) chempioniga aylandi

    07.06.2021, 13:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turk nonushtasi dunyodagi eng yaxshi nonushta deb eʼtirof etildi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:35

    Tramp neft mavjud bo‘lsa Eronga yadro energetikasi nima uchun kerakligini tushunmasligini bildirdi

    Dunyo | 21 iyun, 11:20

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50

    Bayden sirli loyiha ustida ishlash uchun Vashingtonga poyezdda qatnamoqda — NYP

    Dunyo | 21 iyun, 10:40

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.