“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
16:22, 08.06.2021 20663

Bir dasta dollar, ananas: Yulduzlarning eng antiqa sumkalari (foto)

Yulduzlar alohida tadbir va marosimlarda bir-biridan ajralib turishni istaydi. Bunday vaqtda ayrimlari aksessuarning o‘ziga xosini tanlash bilan e’tibor jalb qilishga harakat qiladi.

Margo Robbi

Foto: Cosmopolitan

Ushbu sumkani Margo bejizga tanlamagan. U mazkur sumkani “Quyoncha Piter”ning taqdimotiga taqib borgan.

Jennifer Lopes

Foto: Cosmopolitan

Jennifer hashamatli libosiga o‘ziga xos sumka bilan urg‘u berishni afzal bilgan. Amerika dollari ko‘rinishidagi mazkur aksessuar atrofdagilar e’tiborini jalb qilmay qolmagan.

Sara Polson

Foto: Cosmopolitan

Saraning sumkasiga nazar tashlab, uning qanchalik didli ekani haqida xulosa qilish mumkin.

Lupita Niongo

Foto: Cosmopolitan

Lupita obrazi ajralib turishi uchun ananasni esga soladigan sumka tanlagan.

Kelli Osborn

Foto: Cosmopolitan

Kellining fotokamera ko‘rinishidagi sumkasi obrazining boshqalardan ajralib turishiga hissa qo‘shgan.

Bleyk Layvli

Foto: Cosmopolitan

Bleyk esa qizil yo‘lak uchun tilla baliqchani esga soladigan sumka taqishni ma’qul bilgan.

Emma Roberts

Foto: Cosmopolitan

Emma kamera qarshisida hadeb kulavermaslikning o‘rnini bosish uchun smayl shaklidagi sumka bilan cheklanishni afzal bilgan.

Lizzo

Foto: Cosmopolitan

Lizzo esa kichkinaligidan nima ekanini bilish ham qiyin bo‘lgan sumka tanlagan. Yorqin libos fonida kichkina oq sumka ko‘zga zo‘rg‘a tashlangan.

Billi Porter

Foto: Cosmopolitan

Aktyor Billi Porter esa tadbirlarga yorqin kiyinishni ma’qul biladi. Klassik uslubda kiyinsa, yorqinlik borasida aksessuarga urg‘u beradi. Gazlangan ichimlik bankasi ko‘rinishidagi sumka va shlyapa bilan Billi atrofdagilardan ajralib turgan.