Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Evan Blass ismli taniqli insayder Samsung’ning yangi smartfoni — S21 flagmanining arzonlashtirilgan versiyasiga aylanuvchi Galaxy S21 FE’ning rasmiy tasvirlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Ahonearena

Foto: Ahonearena

Smartfon o‘zidan oldingi modellar kabi dizayn va plastikdan ishlangan korpusga ega bo‘lgan, faqat yorqin rangli variantlarga ega ranglar jamlanmasi mavjud.

Oldinroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S21 FE smartfoni Full HD sifat va 120 gertsli yangilanish chastotasiga ega 6,4 dyuymli displey, Snapdragon 888 protsessori, 6 yoki 8 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira, shuningdek, sig‘imi 4500 mA/soat akkumulyator bilan jihozlanadi.

Aftidan Samsung smartfon kamerasi va boshqa u qadar ahamiyatli bo‘lmagan detallardan tejab qoladi. Biroq hozircha bu borada aniq ma’lumot yo‘q.

Janubiy Koreyaning Herald Corp nashrini  yozishicha, Galaxy S21 FE bundan oldingi S20 FE’dan arzonroq bo‘ladi — 630 AQSh dollari atrofida.

Avvalroq S Pen’ga ega Galaxy S21 Ultra o‘zini oqlamagani, shu sababli Samsung kompaniyasi Galaxy Note’ni qaytarishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi