Daryo

Samarqandda Lacetti bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi vafot etdi

Haydovchi og‘ir tan jarohatlar olib, shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan

1 daqiqa o‘qish50 186 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida Lacetti va “Jiguli” ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand IIB YHXB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur shohko‘chasida 2-iyundan 3-iyunga o‘tar kechasi tungi soat 01:30 lar atrofida Lacetti va “Jiguli” avtomobillari to‘qnashdi.

Oqibatda “Jiguli” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Foto: Samarqand IIB YHXB matbuot xizmati

Haydovchilarning tunda harakat kamligidan foydalanib, mashinani belgilangan tezlikdan oshirib haydashlari hodisa sabablaridan biri sifatida qayd etilgan.

Avvalroq Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt haydovchisi YTHga uchrab vafot etgani, Damas va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ota-bola halok bo‘lgani, Toshkentda yuz bergan yirik YTH ishtirokchisi bo‘lgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Termizda Prezident kortejidagi avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani haqidagi xabarlar rad etildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar