Daryo

Qashqadaryoda Damas va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ota-bola halok bo‘ldi

Lacetti haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish65 228 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Damas va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 30-may kuni soat 06:10 larda tuman hududidan o‘tuvchi 4K-307 Shahrisabz—Miroqi avtomobil yo‘lining 5-kilometrida Damas avtomobili o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan va quvib o‘tishga uringan Lacetti bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda Damas haydovchisi va uning ichida bo‘lgan bir nafar fuqaro vafot etgan. Ular ota-bola bo‘lgan. Lacetti haydovchisi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan maqomida bo‘lishi haqida fatvo bergani, keyinroq katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchiga janoza o‘qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar