Daryo

Termizda Prezident kortejidagi avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani haqidagi xabarlar rad etildi

Surishtiruv davomida YTHning davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo‘qligi, hodisa yuz bergan ko‘chada kortej harakatlanmagani aniqlangan

1 daqiqa o‘qish129 946 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqda “Prezident tashrifi vaqtida ko‘cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi. YHXBB bu xabarlarni rad etdi.

Xabarda aytilishicha, 1-iyun kuni soat 07:30 larda haydovchi E.B. Captiva’ni Termiz shahri, “Shodlik” mahallasidagi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, ko‘chaning “Barkamol avlod” markaziy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan o‘tayotganida unga nisbatan chap tomondan o‘ng tomonga qarab piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda ketayotgan P.R.ni urib yuborgan.

Oqibatda velosipedchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Surishtiruv davomida mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo‘qligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol avlod ko‘chalarining kesishmasida kortej harakatlanmagani aniqlangan.

Ayni paytda YTH yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

YHXBB axborotida haydovchi E.B. boshqaruvidagi Captiva jismoniy shaxsga tegishlimi yoki biror tashkilotga biriktirilganmi — bunga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 1—2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar