Toshkentning Chilonzor tumanida 4-iyun kuni Nexia-3, Lacetti Gentra va Mercedes-Benz ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. Poytaxt IIBB matbuot xizmatining yozishicha, shaxsi aniqlanayotgan Lacetti Gentra haydovchisi voqea joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan A.A. bo‘lgan.
Ayni paytda YTHning sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Nexia-3 haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, Lacetti Gentra haydovchisi qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan.
YTH oqibatida Mercedes-Benz haydovchisi 1964-yilda tug‘ilgan erkak A.I. hamda uning yo‘lovchilari — 1986-yilda tug‘ilgan ayol Z.M. (4 oylik homilador), 1986-yilda tug‘ilgan erkak R.M., 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.R., 1985-yilda tug‘ilgan erkak S.B. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada bir kechada 3 ta YTHda skuter va velosiped haydovchilari vafot etgani, Qashqadaryoda Damas va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ota-bola halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Fatvo: Yuqori tezlik sabab o‘lgan haydovchining maqomi o‘z joniga qasd qilganniki bilan teng
- Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchiga janoza o‘qiladi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi
- O‘zbekistondagi yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi