Daryo

Toshkentda 3 mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 5 kishi jarohat oldi

Aftohalokat Nexia-3, Lacetti va Mercedes-Benz avtomobillari ishtirokida yuz bergan

1 daqiqa o‘qish42 344 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkentning Chilonzor tumanida 3 mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 5 kishi jarohat oldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 4-iyun kuni soat 10:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Baynalminal ko‘chasida joylashgan 26-uy ro‘parasida yuz bergan. Nexia-3, Lacetti va Mercedes-Benz avtomobillari to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Mercedes-Benz haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi, shuningdek, Lacetti’da bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Avvalroq Termizda Prezident kortejidagi avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani haqidagi xabarlar rad etilgani, Urgutda radiatoriga suv quyish uchun tushgan haydovchining “Gazel”i jarlikka tushib ketgani, Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt haydovchisi YTHga uchrab, vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar