Meduza nashri Texasdagi yovvoyi tabiat qo‘ynida yashaydigan zebra yegulik bor paqirchani o‘g‘irlab ketgani tasvirlangan videosi bilan bo‘lishdi.

Kadr: YouTube

Hayvon bunga qadar bog‘ning boshqa jonivorlarini ovqatlantirayotgan tashrif buyuruvchilarni payqab qolgan. Zebra ulardan tezroq harakat qilgan — yugurib kelib, yegulik idishini tishlab olgan va qochib ketgan. Biroq ochko‘zlik uning foydasiga ishlamagan — zebra paqirdan tumshug‘ini chiqarib olishga qiynalgan.

Avvalroq Buyuk Britaniyada tuyaqush zebra bo‘lishga qaror qildi va o‘z oilasini tark etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.