Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu 9 qavatli uylarda 208 ta xonadon bor. Bino fasadi uch qoplamadan iborat bo‘lib, uylar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Har bir xonadon alohida isitish qozoni bilan jihozlangan. Birinchi qavatda savdo va servis shoxobchalari joylashgan.

Uylarga xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgan. U yerda elektr, gaz, lift va santexnika ustalari navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, kompaniya huzurida o‘quv markazi ham bo‘lib, yoshlar ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadigan ishchi kasblarni o‘rganishi mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerga ilk oilalar ko‘chib kela boshladi. Ularning ayrimlari xonadonlarni davlat tomonidan berilgan imtiyozlar asosida olgan.

Davlat rahbari shunday ikki oila – Nargiza Rahimova hamda Farruh Egamovning xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Siyosatimizning eng katta talabi — mahallalarda yurib, odamlarning muammolarini eshitib, ularni hal etish. Bugun ham Surxondaryo bo‘yicha katta rejalar belgiladik. Hammasining tagida bitta narsa – inson manfaati bor. Endi bu uylarni aholiga adolatli berish kerak. Adolat bo‘lsa, qadriga yetadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Umuman, bu yil Surxondaryo viloyatida 3 ming 500 kvartirali ko‘p qavatli uylar quriladi. 1460 ta oilaga ipoteka uchun subsidiya beriladi.

Foto: “Daryo” /Madina Nurman

Foto: “Daryo” /Madina Nurman

Foto: “Daryo” /Madina Nurman

Foto: “Daryo” /Madina Nurman

Foto: “Daryo” /Madina Nurman

Foto: “Daryo” /Madina Nurman

Shu bilan Prezidentning Surxondaryoga tashrifi yakuniga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda