Daryo

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, jundor qo‘y zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

1 daqiqa o‘qish56 679 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Surxondaryoda qo‘y ko‘p boqiladi. Lekin uning juni deyarli qayta ishlanmaydi. Shu bois Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Afg‘oniston tajribasi asosida jundan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezident bu loyihani ma’qullab, afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, jundor qo‘y zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Majmuada Silk road tex korxonasi ham tashkil etiladi. Unda ipakli mato, ipakli tayyor mahsulotlar, sport va yo‘l sumkalari hamda ipakli gilam ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Yiliga 2 million dollarlikdan ziyod eksport maqsad qilingan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar