Daryo

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda yangi institut faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ushbu universitetning Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi

1 daqiqa o‘qish40 280 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryoda yangi institut faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda ayni paytda Surxondaryo viloyati faollari bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

“2021/2022-o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo-biologiya, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 14 ta maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2021—2022-yillarda 12 ta maktab ingliz tili, 2 ta maktab nemis tili, 1 ta maktab fransuz tiliga ixtisoslashtiriladi.

Musayev, Toshqulov ikki oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ushbu universitetning Termiz muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish qarori loyihasini kiritsin”, — dedi davlat rahbari.

Prezident, shuningdek, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ushbu yangi institutda qurilish va geologiya sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, institut qoshida Boysun tumanida ko‘p tarmoqli texnikum tashkil etib, konchilik, pillachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari uchun o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 5-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari chet tillari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan maktablar uchun Prezident sovrini ta’sis etilishini aytgandi. Shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shartligini ta’kidlagandi. “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi”, degan edi Prezident.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar