Daryo

Video: Shavkat Mirziyoyev Sherobodda anorchilik bilan shug‘ullanuvchi oila bilan suhbatlashdi

Prezident “Kattabog‘” mahallasida yillar davomida anorchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan oila bilan suhbatlashib, ularga tomorqadagi mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi

1 daqiqa o‘qish69 358 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 1-iyun kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgandi. Prezident viloyatga tashrifini Sherobod tumanidan boshladi.

Tashrif davomida davlat rahbari Sherobod tumanidagi “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, anorchilik bilan shug‘ullanuvchi Karimovlar oilasi bilan suhbatlashdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ularing suhbati aks etgan videoni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 kishi yashaydigan ushbu oilada anorchilik bilan shug‘ullanish avloddan avlodga o‘tib kelayotgan kasb hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev oila boshiga orden berishini bildirdi.

“Mehnat bo‘lmasa, daromad bo‘lmaydi. Tomorqada qilgan mehnatingiz uchun rahmat. Har bir xonadonni sizning oilangizga o‘xshab o‘zi mehnat qilishiga o‘rgatib olsak edi, davlatimizda kam ta’minlangan oilalar bo‘lmasdi”, — degan Prezident ularga qarata.

Sherobodlik oqsoqollar O‘zbekiston xalqi va Prezidentga ezgu niyatlar tilab, duo qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda rasmiy tashrif bilan 1–2-iyun kunlari bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar