Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumat qarori bilan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Qarorga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan, milliy-madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi.

Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (qo‘mita)ning ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasi tashkil etiladi.

Komissiya tomonidan har yili 1-iyulga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Shuningdek, qo‘mita raisi o‘z tashabbusiga asosan xorijlik hamkorlari, chet eldagi turdosh tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.

Ko‘krak nishoni har yili 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Bundan avval Qozog‘iston prezidenti Abdulla Aripovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagani hamda Namangan viloyatining sobiq hokimi Ikromxon Najmiddinovga “Mehnat shuhrati” ordeni topshirilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident