Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Barnaul shahridagi savdo markazi yonida shishiriladigan batut ag‘darilishi tufayli ikki nafar qizcha og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mahkamlagichlari uzilib ketgani taxmin qilinayotgan batut havoga keskin ko‘tarila boshlagan. Oqibatda batut ustida o‘ynayotgan ikki qizcha uchib ketib, to‘siq ortidagi tramvay relslariga borib tushgan.

Foto: “VKontakte”

Foto: “VKontakte”

Foto: “VKontakte”

Foto: “VKontakte”

Foto: “VKontakte”

Foto: “VKontakte”

“TASS”ning shahar favqulodda xizmatlaridagi manbasi xabar berishicha, batut havo bosimiga dosh berolmay yorilib ketgan. Hokimlik matbuot xizmati o‘z navbatida batut kuchli shamol natijasida ag‘darilib ketganini aytdi.

Jabrlanuvchilar — uch va to‘rt yoshli qizlar. Ularga bosh suyagi va umurtqa pog‘onasi sinishi, o‘pka va qorin bo‘shlig‘i travması tashxisi qo‘yilgan. Shu bilan birga hodisa chog‘ida batutda bo‘lgan yana ikki nafar bola undan sakrab chiqishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan Tergov qo‘mitasi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi (Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi). Xabarlarga ko‘ra, batut mahalliy yakka tadbirkorga tegishli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi