• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilayotgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi

    Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mazkur fojia 2021-yilning 14-aprel kuni Oltinko‘l tumani “Markaz” mahallasidagi Maorif ko‘chasida sodir bo‘lgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, M.E. ismli erkak 14-aprel kuni soat 17:42 larda o‘zi yashab kelayotgan xonadonda istiqomat qiluvchi 79 yoshli ayol bilan xonadonni devor orqali bo‘lish masalasida tortishib qolgan. M.E. qo‘lida bo‘lgan ketmon bilan ayolning bosh qismiga urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. M.E. — marhumaning sobiq kelini bilan turmush qurgan qo‘shni erkak.

    Hodisa joyi katta tergovchi Sh.Tojiboyev tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan, hodisa joyi chizmasi va fotojadvallari tuzilgan. Ko‘zdan kechirish davomida 2 dona xo‘jalik ketmoni, 1 dona temir ketmon va qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar olingan, shuningdek, ayolning murdasi mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

    Ish bo‘yicha 14-aprel kuni marhumning murdasi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, ekspertning 19-maydagi 128-sonli xulosasi olinib, ish hujjatlariga qo‘shilgan.

    Ekspert xulosasida jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti, bosh gumbaz va asos suyaklarining ochiq sinishi, bosh miya to‘qimasining majaqlanishi, bosh miya lat yeyishi, bosh miya to‘qimasiga qon quyilishi, uzunchoq miya, miyacha, o‘rta miya va orqa miya bo‘yin sohalari pardalari ostiga, miya to‘qimalariga o‘choqli qon quyilishlari, bosh o‘ng chakka tepa sohasida chopilgan va lat yeb yirtilgan yaralar, bosh o‘ng chakka tepa sohasida teriosti qon quyilishi, o‘ng ko‘z yuqori va pastki qovoqlar, o‘ng quloq suprasi sohalarida shilinma va qontalashlar, o‘ng qo‘l 5-kaft suyagining ochiq sinishi, chap va o‘ng qo‘l o‘ng yon bosh sohalarida shilinmalar, qontalashlar aniqlangani, ushbu jarohatlar uning o‘limiga sababchi bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

    Gumon qilinuvchi M.E.dan 14-aprel kuni olingan qon namunasi bo‘yicha o‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasining 5-maydagi 122-sonli xulosasida taqdim etilgan qon namunasi tarkibida 1,5 foiz etil spirti borligi aniqlangan.

    M.E. Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan 15-aprel kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan ayb e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

    Ayblanuvchi M.E. o‘zining ko‘rsatmasida jabrlanuvchi yashash xonadonidan ketmon olib chiqib, “voy-dod meni uryapti” deb baqirgani sababli baribir tuhmatda qolaman deya o‘ylab, qo‘lidagi ketmon bilan ayolning boshiga bir marotaba urganini bildirgan.

    Biroq ish bo‘yicha asosiy guvoh hisoblangan O‘.U. ayblanuvchi M.E. yashash xonadoni ichkarisida ustalar bilan janjallashib, ularni quvlab ko‘chaga ketmon bilan chiqqanini bildirgan. Ta’kidlanishicha, M.E. shu vaqtda ko‘chada marhuma turganini ko‘rib, uning oldiga ketmon bilan yugurib borgan va bir marta ketmonning kesuvchi qismi bilan ayolning boshiga urgan. Shundan so‘ng erkakning qo‘lidagi ketmonni o‘sha yerda bo‘lgan ustalar uning qo‘lini qayirib, olib qo‘ygan va M.E.ni ichki ishlar xodimlariga topshirgan.

    Tergov davomida ish bo‘yicha holatga guvoh bo‘lgan qo‘shimcha guvohlar hamda marhumaning qizi guvoh tariqasida so‘roq qilinib, jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar sifatida ishtirok etishga jalb qilingan.

    Mavzuga doir:

    • Asakada 9 yoshli qizni o‘ldirishda gumon qilinib, 10 oy qamoqda saqlangan ayol tergovdagi qiynoq va dalillarning soxtalashtirilgani haqida gapirdi
    • Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    31.05.2021, 13:11   Izoh (0)   56457
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kishi boshiga minimal iste’mol xarajatlari 440 ming so‘m etib belgilandi. Oyiga shundan kam pul topgan o‘zbekistonlik nochor hisoblanadi

    31.05.2021, 12:59

    Yozning birinchi kuni Toshkent shahri va viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    31.05.2021, 12:46

    O‘zbekiston Oliy sudining ikki sudyasi boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi

    31.05.2021, 12:23

    Xorazmdagi xususiy bog‘chada tarbiyachilarning e’tiborsizligi sabab 2 yoshli bolaning barmog‘i kesilib ketdi

    31.05.2021, 12:10

    Toshkentda 13 yoshli qizini 3,5 ming dollarga sotishga uringan ayol ushlandi

    31.05.2021, 11:49

    Toshkentda taksichilarni talon-toroj qilib kelgan shaxs qo‘lga olindi. U kamida 15 ta epizod bo‘yicha ayblanmoqda

    31.05.2021, 11:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.