Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Milan“ 16-may, yakshanba ”Kalyari” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Milanda kechgan bahsda jamoalar har qancha urinmasin darvozalarga to‘p kiritilmadi. Shu tariqa “Milan” o‘z maydonida muhim bo‘lgan ochkolarni yo‘qotdi.

Ushbu durangdan keyin “rossoneri”ning ochkolari soni 76 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogarlik qilmoqda. Hisobida 37 ochko bo‘lgan “Kalyari” esa 16-pog‘onani band etgan.

A Seriya

37-tur bahsi

16-may, yakshanba

“Milan” – “Kalyari” 0:0

“Milan”: Donnarumma, Tomori, Kalabriya (Diogu Dalot, 63), Kyer, Teo, Bennaser (Meyte, 63), Salemakers (Rafael Leau, 46), Braim Dias (Kastilyexo, 57), Kessie, Rebich, Chalxono‘g‘lu (Manjukich, 89).

“Kalyari”: Kranyo, Cheppitelli (Klavan, 87), Karboni (Rugani, 88), Godin, Likoyannis, Marin (Dankan, 78), Nandes, Deyola (Asamoa, 87), Nainggolan, Joao Pedro, Pavoletti (Cherri, 78).

Ogohlantirishlar: Kyer (33), Marin (40), Karboni (45), Kalabriya (58).