Xayrulla Bozorov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filialida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini Ramazon hayiti bilan qutlab, Prezident nomidan maxsus sovg‘alar topshirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, Xayrulla Bozorov onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng viloyatdagi bir qator tibbiyot muassasalariga borib, shart-sharoitlarni o‘rgangan.

Foto: “Daryo”

Viloyat hokimi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olgan.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, shu kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona hamda Qo‘qon filiallariga 1,3 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiy uskunalar va jihozlar topshirilgan. Yaqin kunlarda yana 3,5 milliard so‘mlik tibbiy jihozlar yetkazib berilishi ma’lum qilingan.

Foto: “Daryo”

Shuningdek, Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialiga Chexiyadan jonlantiruvchi radionuklid jihozi olib kelib, o‘rnatilgan.

Foto: “Daryo”