Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Qarar bilan:

  • Shuhrat Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib;
  • Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib;
  • Obid Odilov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — bosh muhandis etib tayinlandi.

Bundan avval Buxoro hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘zgargani, Surxondaryo hokimiga o‘rinbosar, Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyat boshqarmasiga yangi rahbar hamda Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.